Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   462
LUG\'AT

ETOKRATIYA
(yun. 
ethika

axloq, 
ethos
– rasm, odat, urf) — nafaqat qonun 
balki axloq va hurmat asosida boshqariladigan hokimiyat turi. 
EVAKUATSIYA 
(lot. 
evacuatio
– bo‗shataman, uzoqlashish) — 1) jangovar 
harakatlar bo‗layotgan yerlardan yarador, bemor, asirlar, shun., ta‘mirga muhtoj va 
ortiqcha asbobuskunalar, harbiy o‗ljalar va b.lar moddiy vositalarni front ortiga jo‗natish; 
2) harbiy va siyosiy sabablar, shun., tuzilgan shartnoma va bitimlar asosida qo‗shinlarni 
ilgari egallab turgan hududlardan olib chiqib ketish; 3) dushman hujumi xavfi ostida 
qolgan yoxud tabiiy ofat (suv toshqini va b.lar) ga uchragan joylardan fuqarolar, 
korxonalar, idoralar, badiiy va b.lar qadriyatlar, mulklarni olib chiqish. 
EVDEMONIZM 
(yun. 
evdaimonia
– baxt saodat, roxat-farog‗at) — baxt saodat, 
roxat farog‗atni kishilar hayotining oliy maqsadi deb hisoblaydigan axloqiy yo‗nalish. 
Evdemonizm baxt saodatni jismoniy va ma‘naviy xuzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, 


87 
balki uni keng ma‘noda, barcha jismoniy va ma‘naviy (ko‗pincha fuqarolikka ham oid) 
qadriyatlarning majmui tarzida tushunadi. Uningcha, o‗z shaxsida ana shu qadriyatlarni 
mujassamlantira olgan kishigina chinakam baxt saodat sohibidir, shunday baxtgina 
insonga haqiqiy lazzat farog‗at baxsh etadi. Demokrit, epikur, Farobiy, Ibn Sino, 
L.Feyrbax evdemonizmning yorqin namoyondalaridir. 
EVOLYUTSIYA 
(lot. 
evolutio
– avj olish, ochilmoq) — rivojlanishning sinonimi; 
asta-sekinlik bilan boruvchi miqdor o‗zgarishlarining muayyan sharoitda yangi sifatga 
o‗tishiga olib keluvchi harakat shakli. Bosqichma-bosqich ro‗y beradigan miqdor va sifat 
o‗zgarishlari. E.da rivojlanishning sifatiy asosi keskin o‗zgarmaydi, uning boshlanish va 
yakunlanish bosqichlari orasida muayyan fursat o‗tadi. Evolyutsion rivojlanishda 
portlash hodisasi ro‗y bermaydi. Jamiyatda ro‗y beruvchi o‗zgarishlarning yo‗nalishini, 
tartibini, qonuniyatlarini ifodalab, muayyan tizimdagi o‗zgarishlarning doimo o‗zidan 
ilgarigi holatidan farq qilishini qo‗rsatib turadi va fanda tarix, tarixiylik, taraqqiyot, 
rivojlanish, o‗sish, ravnaq topish singari tushunchalarning mazmunini ifodalaydi. 


88 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin