Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   462
LUG\'AT

FARMOYISH
— boshqaruvga doyir huquqiy hujjat; konstitutsiyaviy huquqda 
davlat boshlig‗i va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida 
chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak bo‗lgan va b. joriy 
masalalarga 
oid 
qarori 
F. 
shaklida 
chiqariladi. 
O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 94-moddasida ko‗rsatilishicha, Prezident konstitutsiyaga va 
qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida 
majburiy kuchga ega bo‗lgan farmonlar, qarorlar va F.lar chiqaradi. «Vazirlar 
Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi hududidagi barcha 
organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar 
tomonidan bajarilishi majburiy bo‗lgan qarorlar va F.lar chiqaradi» (O‗zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, 98-modda). Shun., O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi F.lar chiqarishi Konstitutsiyada 
ko‗zda tutilgan. 
FASHIZM
(ital. 
fassismo
– bog‗lam, dasta, aloqa, to‗da, birlashish) — totalitar 
tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi. Ushbu 
vayronkor mafkura oqim sifatida I jahon urushidan keyin Yevropa mamlakatlaridagi 
tajovuzkor ta‘limotlar asosida paydo bo‗ldi. F. paydo bo‗lishining asosiy sababi – 
jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlarni qamrab olgan uzoq muddatli global inqiroz bilan 
bog‗liq edi. F. milliy safarbarlik va birdamlikka asoslangan mafkura bo‗lib, I jahon 
urushida mag‗lubiyatga uchragan davlatlarni birlashtirishni nazarda tutgan edi. Bu – 
jamiyat tuzilishini va tizimini yangicha tashkil etishga qaratilgan millatchilik va irqchilik 
shakllarining yig‗indisidir. U jamiyatni majburiy tarzda ―biznikilar‖ va ―begonalar‖ga 
ajratilib, irqchilik, militarism g‗oyalari asosida ―begonalar‖ni yo‗q qilishni targ‗ib etadi.
Bunda faqat yuqoridan pastga qarab buyruq beriladi. F. demokratiyaning qaramaqarshisi 
va uni inkor etish hisoblanadi, u hokimiyatning bo‗linishiga yo‗l qo‗ymaydi. F. ommaviy 
siyosiy harakat bo‗lib, ulkan targ‗ibot-tashviqot apparati asosida ommaning xulq-atvori 
va dunyoqarashini boshqaradigan g‗oyaviy mafkuraviy texnologik majmuadir. F. siyosiy 
harakat va tuzum sifatida turli ko‗rinishlarda uchragan. Jum., Italiyada (B.Mussolini) 
totalitar rejim hokimiyati, Germaniyada (A.Gitler) natsistlar F.i, Portugaliyada harbiy-
siyosiy F., Ispaniyada (F.Franko) harbiy otryadlar F.i, Chilida (A.Pinochet) harbiy-


90 
fashistik tuzumlari shaklida namoyon bo‗ladi. F.ning har qanday ko‗rinishi demokratiya 
tartibotlari va qadriyatlarini hech qachon e'tiborga olmaydi, bunday tizimda inson qadri, 
erkinligi, huquqlari poymol qilinadi. Hokimiyatning jamiyat hayotining barcha jihatlariga 
haddan tashqari aralashuvi natijasida hamma sohalarni qattiq nazoratga oluvchi totalitar 
siyosiy partiya shakllanadi va u davlat monopol tashkilotiga aylanadi. F. ana shunday 
tashkilotga va «dohiy»ning e'tiroz bildirib bo‗lmaydigan obro‗-e'tiboriga tayanadi. F.ning 
eng muhim qoidalari: qon birligiga asoslangan oliy va mangu jamoa sifatida millatni 
e‘tirof etish; millatlarni oliy va quyi millatlarga taqsimlash; oriy, shimol irqiga mansub 
bo‗lgan nemislarni oliy, madaniyat yaratuvchi millat sifatida e‘tirof etish, chunki ularning 
tomirlarida oqayotgan qon jasorat ruhi, ijodiy daholik, mas‘uliyat va g‗urur hissiyotlari 
bilan to‗lib-toshgan; nemis irqining mutlaqligi unga tarixda messionerlik rolini amalga 
oshirishga o‗z-o‗zidan huquq beradi; eng muhim irq sifatidagi nemislar boshqa millatlar 
ustidan ularni qarshiligini shafqatsizlik bilan bostirgan holda hukmronlik qilishi lozim; 
ayrim xalqlarni (yahudiy, lo‗lilar) jismoniy jihatdan yo‗q qilinishga mansub bo‗lgan 
―nomukammal‖ xalqlarni e‘lon qilish; siyosiy sohada – antidemokratik tartibot, partiya 
tomonidan harbiy tashkilot tamoyillari bo‗yicha barpo etilgan keskin markazlashgan 
rahbarlik qiluvchi dohiyning (fyurer, duche, kaudil‘o) cheksiz hokimiyati; iqtisodiyot va 
siyosiy sohaning harbiylashtirilishi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin