96
G
GAAGA KONVENSIYALARI
— 1) Gaaga shahrida o‗tkazilgan I va II tinchlik
konferensiyalarida (1899 va 1907) urush olib borish qonun-qoidalari to‗g‗risidagi xalqaro
konferensiyalar. I Gaaga konferensiyasida (1899) Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya,
Fransiya, Italiya, Yaponiya, Skandinaviya mamlakatlari, jami 27 davlat vakillari
qatnashib, jum., xalqaro nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish, urush paytida tinch aholini
himoya qilishga, harbiy asirlar, yaradorlar va bemorlarni joylashtirishga oid qoidalar
ishlab chiqilgan. II Gaaga konferensiyasida (1907) 44 davlat vakillari betaraf
davlatlarning burch va huquqlari, harbiy harakatlarni boshlash va urushda dengiz
kuchlari tomonidan dushman hududini bombardimon qilish tartiblari, zaharlaydigan
gazlarni ishlatmaslik va b. to‗g‗risida kelishib olingan; 2) harbiy to‗qnashuv ro‗y bergan
holatda madaniy boyliklarni muhofaza qilish to‗g‗risidagi 1954-yil konferensiyasi; 3)
xalqaro xususiy huquq bo‗yicha 1902-05, 1954, 1955, 1956, 1961-yillarda tuzilgan va b.
konferensiyalar.
Dostları ilə paylaş: