Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


FUQAROLARNING O„ZINI O„ZI BOSHQARISH ORGANLARI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   462
LUG\'AT

FUQAROLARNING O„ZINI O„ZI BOSHQARISH ORGANLARI

fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy 
ahamiyatga bog‗liq masalalarni hal qilishda mustaqil faoliyat olib borishini ta‘minlashdir. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105-modda) va «Fuqarolarning o‗zini o‗zi 
boshqarish organlari to‗g‗risida» (yangi tahriri) O‗zbekiston Respublikasining qonunida 


94 
F.o‗.o‗.b.o. huquqiy holati ko‗rsatib o‗tilgan. Ushbu qonunga ko‗ra, F.o‗.o‗.b.o. 
quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining, shun., shahar, shaharcha, qishloq 
va ovuldagi mahalla fuqarolarining yig‗ini; fuqarolar yig‗inining kengashi; fuqarolar 
yig‗ini faoliyatining asosiy io‗nalishlari bo‗yicha komissiyalar; fuqarolar yig‗inining 
taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‗lgan 
shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 
tuziladigan ma'muriy komissiya. F.o‗.o‗.b.o. mahalliy davlat hokimiyati organlari 
tizimiga kirmaydi. F.o‗.o‗.b.o. yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi 
muhrga ega bo‗ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro‗yxatga olinishi kerak. 
FUQAROLIGI 
BO„LMAGAN 
SHAXSLAR
(
apatridlar) 
— muayyan 
mamlakatning fuqarosi hisoblanmaydigan va biron chet davlat fuqaroligiga mansubligini 
isbotlaydigan dalillari bo‗lmagan shaxslar. Shaxs o‗z fuqaroligini yo‗qotgan va yangidan 
fuqarolik huquqini olmagan vaqtda fuqarosizlik kelib chiqadi. F.b.sh. soni ko‗payganligi 
tufayli fuqarosizlikni kamaytirish va F.b.sh.ni himoya qilishga qaratilgan bir qancha 
xalqaro konvensiyalar qabul qilingan (mas., Fuqarosizlikni kamaytirish to‗g‗risidagi 
1961-yilgi konvensiya, Erga tekkan ayolning fuqaroligi to‗g‗risidagi 1957-yilgi 
konvensiya). 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin