Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   462
LUG\'AT

FUNDAMENTALIZM
— keng ma'noda 

muayyan ta'limot aqidalarining 
o‗zgarmasligini e‘lon qiladigan, e'tiqodni aql dalillaridan ustun qo‗yadigan, ilohiy 
kitoblardagi vahiy qaysi ma'noda bayon etilgan bo‗lsa, shu ma'noda qabul qilinishini 
talab etadigan, ayni vaqtda ularni majoziy ma'noda talqin etishga har qanday urinishlarni 
rad etadigan, din asoslarini og‗ishmay bajarishni qattiq talab qiladigan ijtimoiy
mafkuraviy, diniy yo‗nalishlar. Tor ma'noda 

protestantizmdagi ortodoksal oqimlar. 
1910-yillarda AQSHning janubiy shtatlarida paydo bo‗lgan. 
FUQAROLAR URUSHI
— bir mamlakat ichidagi ijtimoiy guruhdar o‗rtasida 
davlat hokimiyati uchun olib boriladigan qurolli kurash. 
FUQAROLAR YIG„INI
— shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shun. shaharlar, 
shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yig‗inlari fuqarolarning 
o‗zini o‗zi boshqarish organlaridir. Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari 
mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‗z 
vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi. 
FUQAROLARNING HUQUQ VA BURCHLARI
— fuqarolarning Konstitutsiya 
va qonun hujjatlarida o‗z ifodasini topgan asosiy huquq va burchlari. Ular davlat 
organlari tomonidan muhofaza etiladi va bajarilishi nazorat kilinadi. O‗zbekiston 
Konstitutsiyasining II bo‗limida fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari 
quyidagicha turkumlanadi: 1) shaxsiy huquq va erkinliklar; 2) siyosiy huquqlar 3) 
iqgisodiy-ijtimoiy huquqlar. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning 
quyidagi burchlari ko‗rsatilgan: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga
boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadrqimmatini hurmat qilishga; 
O‗zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab a.ashga; atrof 
tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‗lishga; qonun bilan belgilangan soliqlar va 
mahalliy yig‗imlarni to‗lashga majburdirlar. O‗zbekiston Respublikasini himoya qilish - 
O‗zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan 
tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‗tashga majburdirlar. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin