UCHUN JAZO HAQIDAGI KONVENSIYA — 1948-yil 9-dekabrda BMT Bosh
Assambleyasi tomonidan qabul qilingan. Konvensiyaning ishtirokchi davlatlari
Konvensiyadagi nizomlarni amalga oshirish uchun zarur qonun chiqarish ishlarini
amalga oshirish, jum., genotsidni bajargan yoki bajarish maqsadida fitnada ishtirok etgan,
o‗zgalarni ham bajarishga undagan, genotsidda suiqasdlik uyushtirgan yoki shu
jamiyatga sherik bo‗lgan shaxslarga qarshi samarali jazo choralarni qo‗llashga
majburdirlar.
GEOEKONOMIKA (geoiqtisodiyot) — atlantist geosiyosatning bir bo‗g‗ini.
Hududlarni faqat iqtisodiy nuqtai-nazardan talqin qilishga asoslangan, «talassokratik»
tahlilning asosiy fanlaridan biri.
GEOGRAFIK DETERMENIZM — ijtimoiy hayot va siyosiy rivojlanish
jaroyonlarini mamlakat yoki hududning tabiiy shart-sharoitlari (yer landshafti-tuprog‗i,
iqlimi, relefi, er osti zaxiralari, shun., daryo, ko‗l, dengiz, okeanlar va b.) va geografik
joylashuvining o‗ziga xos xususiyatlari bilan bog‗liq ekanligini izohlab beruvchi
konsepsiyadir. U qadim zamonlarda shakllangan bo‗lib insoniyat jamiyati va tabiat
o‗rtasidagi o‗zaro aloqadorlik, bog‗liqlikni turli ko‗rinishlarda tasvirlaydi.
GEOSIYOSAT, (geografik siyosat) — siyosatshunoslikdagi nazariya. G. termini
muayyan bir mamlakat o‗rni, tabiiy boyliklari, iqlimi va b. geografik omillarining davlat
tashqi siyosatiga (geografik-siyosiy strategiyasi va h.k.lar ga) muayyan ta‘sirini ifodalash
uchun ishlatiladi. G. tushunchasini birinchi bor R.Chellen (Shvetsiya) ilmiy muomalaga
kiritgan. G. nazariyasi XIX a. oxiri va XX a. boshlarida F.Ratsel (Germaniya), A.Mexen
(AQSH), X.Makkinder (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqilgan, G.Kissinjer,
Z.Bjezinskiy (AQSH) va b. tomonidan hozirgi dunyodagi siyosiy jarayonlarga tadbiqan
rivojlantirilgan. G.ga oid ilmiy qarashlarga davlatning geografik joylashuvi (makoni)
bilan uning ichki va tashqi siyosati o‗rtasidagi uyg‗unlik prinsipi asos qilib olinadi.
O‗zbekiston o‗z tashqi siyosatida ma'lum darajada G.ning asosiy tamoyillarini ham
hisobga oladi.