Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


IQTISODIY HAMKORLIK VA TARAQQIYOT TASHKILOTI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   462
LUG\'AT

IQTISODIY HAMKORLIK VA TARAQQIYOT TASHKILOTI

Organisation 
for Economic Cooperation and Dovelopment (OECD)
— Yevropadagi davlatlar 
birlashmasi. 1948-yilda AQSH tashabbusi bilan Yevropani tiklash bo‗yicha Amerika 
iqtisodiy va moliyaviy yordamini (Marshall rejasi) oqilona ishlatish va shu yordamni 
oladigan Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik qilish maqsadlarida tuzilgan Yevropa 
iqtisodiy hamkorlik tashkiloti vorisi tarzida tashkil topdi. Bu tashkilotni tuzish to‗g‗risida 
konvensiya 1960-yil 14 dekabr kuni Parijda imzolanib, 1961-yil 1-oktabrdan kuchga 
kirgan. Tashkilotda 34 mamlakat – Avstraliya, Avstriya, AQSH, Belgiya, Buyuk 
Britaniya, Niderlandiya, Gretsiya, GFR, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, 
Kanada, Lyuksemburg, Norvegiya, Portugaliya, Turkiya, Fransiya, Finlyandiya, 
Shveytsariya, Shvetsiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va b. qatnashadi. Tashkilotga a‘zo 
davlatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‗rsatish, davlatlar mintaqasida 
a‘zodavlatlar siyosatini muvofiklashtirish nuli bilan iqtisodiy va ijtimoiy barkarorlikni 
ta‘minlashga hissa qo‗shadi. Tashkilot faoliyatiga tashkilotda qatnashuvchi 
mamlakatlarning vakillaridan iborat kenash rahbarlik qiladi. Tashkilot idorasi Fransiya 
(Parij)da joylashgan. 
IQTISODIY HOKIMIYAT 

 
iqtisodiy imkoniyatlar, moddiy boyliklar ustidan 
nazoratdir. I.h.ga quyidagi tarkibiy qismlarni birlashtirish orqali erishiladi:
 
moliyavny 
qudrat, axborot ta‘siri, moliyaviy ittifoq tarkibida o‗z o‗rnini to‗g‗ri aniqlash, davlat bilan 
aloqalarning (korrupsiya emas) mavjudligi va kuch bosimi mavjudligi. 
IQTISODIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR
— insonning iqtisodiy sohadagi 
yuridik imkoniyatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy huquqlar majmui. Mazkur 
imkoniyatlarning xarakteri va mohiyati pirovard oqibatida muayyan jamiyatdagi 
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzumni belgilab beradi. Hozirgi demokratik davlatlarda 
asosiy I.h. va e. sirasiga xususiy mulkchilik huquqi, jum., yerga va aqliy mehnat 
mahsulotlariga xususiy mulkchilik huquqi, meros huquqi, erkin tadbirkorlik (xo‗jalik 
sohasida tashabbuskorlik) huquqi, mehnat huquqi va mehnatga oid boshqa huquqlar, 
xususan ishsizlikdan muhofaza qilinish, korxonani boshqarishda ishtirok etish va h.k. 
kiradi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin