Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   462
LUG\'AT

INSTITUTSIONALLASHUV 

 
rasmiylashgan, barcha e‘tirof etgan qoidalar, 
qonunlar, an‘ana va marosimlarga asoslangan ijtimoiy munosabatlarning barqaror 


131 
na‘munalarining shakllanishi. Siyosatda institutsionallashuv asosiy siyosiy aktorlar 
tomonidan siyosiy me‘yorlar, qoidalar, tadbirlar, qadriyatlar, xulq-atvor na‘munalarini 
o‗zlashtirish, e‘tirof etish, ularga amal qilish jarayoni. Siyosiy institutsionallashuv siyosiy 
barqarorlikning eng muhim shartlaridan biri. 
INTEGRATSIYA
(lot. 
integratio
– tiklash, to‗ldirish, 
integer
– butun so‗zidan) — 
1) ikki va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o‗zaro muvofiqlashtirish va 
birlashtirish; 2) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining o‗zaro 
bog‗liqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan 
tushuncha; 3) fanlarning yaqinlashishi va o‗zaro aloqa jarayoni; differensiatsiya bilan 
birga kechadi. 
INTERNATSIONAL
— ishchilarning, sotsialistik, kommunistik partiyalarning 
yirik xalqaro uyushmalari. I Internatsional (Xalqaro ishchilar shirkati) - proletariatning 
1864-1876-yillardagi birinchi xalqaro tashkiloti. Unga K.Mars va F.Engels Londonda 
asos solgan; II Internatsional - sotsialistik partiyalarning xalqaro birlashmasi. 1889-yilda 
Engels ishtirokida Parijda tashkil topgan. I jahon urushi boshlanishi bilan tarqalib ketgan. 
Ulardan 1923-yil Gamburg shahrida Sotsialistik ishchi I.i tashkil topdi; Kommunistik I. 
(Komintern, 3-I., 1919-yil Moskvada asos solindi, 1943-yil tarqatib yuborildi); 4-I. 
(1938-yil Parijda L.D. Trotskiy asos solgan) va b. 1951-yil Frankfurtmaynda Sotsialistik 
I. (Sotsintern) tashkil topdi. U 103 ta partiya va tashkilotni birlashtiradi. 
INTERNIYALASH
(fr. 
interner
– yashash uchun chiqarib yubormoq, lot. 
internusdan - ichki) — 1) betaraf davlat tomonidan urushayotgan davlatlarning ana shu 
betaraf davlat hududiga o‗tib qolgan harbiy qismlarni majburan ushlab turish va 
qurolsizlantirish. 2) Bir urushayotgan tomonning ikkinchi tomonning fuqarolariga 
nisbatan o‗rnatiladigan erkinlikni cheklab qo‗yishning alohida rejimi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin