Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


INSON HUQUQLARI TO„G„RISIDA PAKTLAR



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   462
LUG\'AT

 
INSON HUQUQLARI TO„G„RISIDA PAKTLAR
Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1966-yil 16-dekabrda qabul qilgan paktlar. Iqtisodiy, 
ijtimoiy va madaniy huquqlar to‗g‗risida xalqaro pakt hamda Fuqarolik va siyosiy 
huquqlar to‗g‗risida xalqaro paktdan iborat. Ular xalqaro shartnoma kuchiga ega bo‗lib, 
davlatlarning o‗z yurisdiksiyasida bo‗lgan shaxslarga muayyan huquqlarni berish 
yuzasidan majburiyatlarini belgilaydi, I.h.t.p.ga qo‗shilgan har bir davlat tomonidan 
tegishli qonun va b. tadbirlarni joriy etish orqali amalga oshiriladi. 
INSON HUQUQLARI UMUMIY DEKLARATSIYASI
BMT Bosh 
Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan deklaratsiya. U 
muqaddima va 30-moddadan iborat bo‗lib, uni qabul qilishdan maqsad har bir inson va 


130 
davlat mazkur Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma'rifat va ta'lim orqali shu huquq va 
erkinliklar hurmat qilinishiga ko‗maklashishi lozim. Deklaratsiya har bir insonning tabiiy 
va ajralmas huquq va erkinliklari e‘lon etilgan asosiy xalqaro hujjatdir. Shu tariqa 
xalqaro munosabatlar tarixida birinchi marta insonning hamma rioya etishi zarur bo‗lgan 
asosiy huquqlari va erkinliklari doirasi belgilab berilgan. Deklaratsiyada «insoniyat 
oilasining hamma a‘zolariga xos qadr-qimmatni, ularning teng va ajralmas huquqlarini 
tan olish - erkinlik, adolat va yalpi tinchlik negizi» ekanligi e‘lon etilgan. Unga ko‗ra, 
umum hurmat va rioya qilishi shart bo‗lgan inson huquqlari doirasi shaxsiy, siyosiy 
hamda ijtimoiy-iqtisodiy huquqlardan iboratdir. 
INSON VA FUQARO HUQUQLARI DEKLARATSIYASI
(1789) — Buyuk 
fransuz inqilobining siyosiy manifesti. 1789-yil 26 avgustda Ta‘sis majlisida qabul 
qilingan. Shaxs, so‗z, vijdon erkinligini, fuqarolarning qonun oldida tengligini, zulmga 
qarshilik ko‗rsatish huquqini, xususiy mulk daxlsizligini asosiy huquqlar sifatida e‘tirof 
etgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin