Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


INGLIZ-AMERIKA SIYOSIY FAN MAKTABI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   462
LUG\'AT

INGLIZ-AMERIKA SIYOSIY FAN MAKTABI 

 
zamonaviy chet el 
politologiyasi asosiy maktablaridan biri. Uning asosiy yo‗nalishlari: siyosiy 
zamonaviylashuv, barqarorlik, siyosiy ixtiloflar, tashqi siyosat muammolari. Asosiy 
vakillari S.Lipset, K.Rayt, S.Xantington, G.Morgentau, J.Sartori, R.Darendorf. 
INKLYUZIVLIK 
(ing. 
inclusive
– o‗z ichiga olmoq) — ichida, ichiga kirib 
borishi. 
INKVIZITSIYA 
(lot
. inguisitio
– qidiruv) — katolik cherkovining sud-tergov 
tashkiloti; XIII a.da bid‘atchilarta qarshi kurashish maqsadida tuzilgan. Rim papasiga 
bo‗ysungan. I. zamindorlar-cherkov mafkurasi va ular zulmiga qarshi kurashchilarni 
ta‘qib qilgan. 1231-yildan dominikanlar ordeni ixtiyorida bo‗lgan. I. faoliyati
shafqatsizligi bilan ajralib turgan. I. G‗arbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlari
ayniqsa, Ispaniyada keng tarqaldi. Buyuk mutafakkirlar, olimlar J. Bruno, J. Vanininch I. 
yondirdi, G. Galiley va b. ta‘qibga uchradi. 1452-yildan Rimdagi Oliy I. tribunali I.ning 
oliy organi bo‗lib qoldi. XVI a.da I. kontrreformatsiyaning asosiy qurollaridan biriga 
aylandi. XVIII - XIX a.lar davomida I. tugatildi. 
INNOVATSIYA
(ing. 
innovationas
– kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va 
texnologiya avlodlarini almashtirishni ta‘minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan 
mablag‗lar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilg‗or tajribalarga asoslangan texnika, 


129 
texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shun., 
ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‗llanilishi. 
INQILOB
, revolyutsiya — jamiyatning rivojlanishida ro‗y beradigan chuqur sifat 
o‗zgarishi (mas., ijtimoiy I.). I. so‗zi ko‗pincha ijtimoiy-siyosiy tuzumni qo‗qqisdan, 
zo‗rlik bilan o‗zgartirish ma‘nosida ishlatiladi. U asta-sekin, evolyutsion tarzda 
o‗zgartirishlarning aksidir. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin