IMPERIYA (lot.
imperium – hokimiyat) — 1) imperator boshqargan monarxiya
davlatining nomi; ba‘zi qadimgi zamon (Rim imperiyasi), o‗rta a. («Muqaddas Rim
imperiyasi») yirik monarxiya davlatlari ham I. deb atalgan. Podsho Rossiyasi Pyotr I
davri (1721)dan Romanovlar hokimiyati ag‗darilguniga qadar (1917), Fransiya Napoleon
I (1-imperiya) va Napoleon III (2-imperiya) davrida, Avstriya 1804-1914-yillarda (1868-
yildan Avstriya-Vengriya), Germaniya (1871-yildan 1918-yil inqilobiga qadar) I.
bo‗lgan; 2) mustamlakalari bo‗lgan yirik davlatlar. Mas., Buyuk Britaniya dominion va
mustamlakalari bilan birga Britaniya imperiyasini tashkil etgan.
IMPICHMENT (ing.
impeachment ) — ayrim davlatlarda, mas., AQSH, Buyuk
Britaniya, Yaponiyada oliy mansabdor shaxslar (mamlakat prezidenta, hukumat boshlig‗i
va shokazo)ni javobgarlikka tortish va ularning jinoyatlari to‗g‗risidagi ishlarni sudda
ko‗rib chiqishning alohida tartibi. I. vaqtida jinoiy ish qo‗zg‗atish va sudga berishni,
odatda, parlamentning quyi palatasi amalga oshiradi, ishni ko‗rib chiqish esa - oliy
palataning vazifasidir, ko‗rib chiqish lavozimdan chetlatish (bo‗shatish) bilan
yakunlanishi mumkin. I. tartibida hukm qilingan shaxs umumiy tartibda jinoiy
javobgarlikka tortilishi mumkin.
IMPLEMENTATSIYA — qonun yoki qarorni amalda joriy qilish.
IMTIYOZLAR —
fuqarolarga pensiya olish, pensiya yoshini belgilash, davlat
soliqlari, turar joy, ma‘lumot olish, transportdan foydalanish singari sohalardan qonun
asosida belgilanadigan engilliklar.
INAUGURATSIYA (lot.
inauguro – bag‗ishlayman) — yangi saylangan davlat
boshlig‗ining shu oliy lavozimini bajarishga kirishishi munosabati bilan o‗tkaziladigan
tantanali marosim. Mas., AQSHning yangi saylangan prezidentini - prezident saylovi
o‗tkazilganidan so‗ng tantanali ravishda lavozimga o‗tkazishadi.