IMPERATIV MANDAT ( lot. buyuruvchi) — saylangan shaxs yoki organ qat‘iy
amal qilishi kerak bo‗lgan topshiriq.
IMPERATOR (lot.
imperator – hukmdor) — ba‘zi monarxlarga berilgan unvon.
Dastlab, Rim lashkarboshilari (mas., Yuliy Sezar va b.) ga berilgan. Rimda respublika
tartibi tugatilib, monarxiya o‗rnatilgach, davlat tepasiga kelgan har bir merosxo‗r I. deb
atalgan. 962-yil nemislar Shimoliy Italiyani bosib olgach, Germaniya qirollari o‗zlarini I.
deb atay boshladilar. XV a.dan bu unvon Avstriya monarxlarigao‗tdi. 1721-yil I.
unvonini Pyotr I qabul qildi. Bundan keyingi rus podsholarining hammasi I. deb yuritildi.
Napoleon I, Napoleon III lar ham o‗zlarini I. deb e‘lon qildilar. Bu unvon Xitoyda 1911-
yilgacha mavjud edi. Yaponiyada hozir ham I. davlat boshlig‗i hisoblanadi.
IMPERIALIZM (fr
. imperialisme ) — keng ma‘noda hududlarni bosib olishga,
qaram qilishga, boshqa davlatlar ustidan siyosiy yoki iqtisodiy nazorat o‗rnatishga
qaratilgan davlat siyosati. U bir davlatning o‗z hokimiyatini boshqa davlat hududida
iqtisodiy va siyosiy foyda olish maqsadida qaram aholini, asosan, harbiy vositalar
yordamida ezish hisobiga amalga oshirishini anglatadi. Imperiya, aslida, bosib olish va
hukmronlik qilishning, davlatlar o‗rtasidagi siyosiy raqobatning qadimgi shakli
hisoblanadi. I. termini XIX a. 2-yarmida ingliz iqtisodchi olimi J. Gobsonning
«Imperializm» nomli kitobi (1902) chiqqanidan sung, ayniqsa, keng tarqaldi va I.ga
nisbatan bir-biridan keskin farq qiluvchi fikrlar paydo bo‗ldi. Liberalizm yunalishidagi
olimlar (jum., nemis iqtisodchisi – A.Shumpeter) fikricha, Yevropa mamlakatlarining
XIX a.dagi imperialistik ekspansiyasi kapitalistik taraqqiyot va raqobatning xususiyati
emas edi, aksincha, u kapitalizmning siyosiy va iqtisodiy mohiyatiga zid bo‗lgan. Shu
ma‘noda I. mutlaq monarxiyalar davridagi militaristik millatchilikning oqibati
hisoblanadi. Radikal yo‗nalishdagi olimlar va siyo-satchilar (jum., V.I.Lenin) I.ni
kapitalizmning oliy va so‗nggi bosqichi deya baholab, moliya kapitali hukmronligi,
iqtisodning ichki inqiroziga javob tariqasida chetga kapital chiqarish, xalqaro trestlarning
o‗sishi va yer yuzining kapitalistik davlatlar tomonidan taqsimlab olinishi bilan bog‗lab
tushuntirmoqchi bo‗ladi. Bu fikrning xatoligini isbotlovchi nazariyotchilarning
ta‘kidlashicha, I., birinchidan, tarixan kapitalizmdan oldin keladi, ikkinchidan,
126
imperialistik davlatlar o‗rtasidagi raqobat, avvalo, iqtisodiy emas., balki siyosiy sabablar
bilan bog‗liqdir.