127
Mamlakat iqtisodiyotida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning ustun bo‗lishi, agrar
yoki agrar-industrial mamlakatning industrial-agrar yoki industrial rivojlangan
mamlakatga aylanishini ta‘minlaydi. XX a. ning oxirlariga kelib jahonning turli
mamlakatlarida I.o‗. darajali o‗rtasida keskin farq yuzaga keldi. Mas., Yaponiya, AQSH,
Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanadada I.o‗. o‗z cho‗qqisiga chiqdi va
ular «postindustrial» mamlakatlarga aylandi. O‗zbekistonda industrial rivojlanishning
asosiy maqsadi dunyo standartlariga mos keladigan, raqobatbardosh ishlab chiqarishni
yaratishdan iborat. Bunga erishish uchun industriyani restruktrizatsiyalash (qayta
tarkiblash), ya‘ni tayanch (bazaviy) tarmoqlarning ustun rivojlanishini, import o‗rnini
bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan og‗ir sanoat tarmoqlarni rivojlantirishni
davom ettirish va undan eksportga yo‗l tutish kerak bo‗ladi. Buning uchun katta ilm talab
va yuqori texnologik sohalar (tarmoqlar)ni rivojlantirishga alohida ustuvor ahamiyat
beriladi. Ayni vaqtda I. o‗. kichik biznes va yirik biznes integratsiyasini taqozo etadi. Bu
esa nafaqat kichik biznesni, balki og‗ir sanoatning salohiyatini yanada yuqori darajaga
ko‗tarishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: