Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   462
LUG\'AT

IQTISODIY BARQARORLIK
— davlatning har qanday iqtisodiy muammolarga 
nisbatan iqtisodiy holati bo‗lib, rivojlanishning asosiy ko‗rsatkichlari belgilangan 
darajadan pastga tushmaydigan davlat iqtisodining shunday bir holati. 
IQTISODIY HAMKORLIK TASHKILOTI
(IHT) — a‘zo mamlakatlarning 
iqtisodiy, madaniy, fan va texnikaviy hamkorligi bo‗yicha tashkil etilgan xalqaro 
mintaqaviy tashkilot. IHT 1964-yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan «Mintaqaviy 
hamkorlikni rivojlantirish» nomi bilan tuzilgan. Keyin 70-yillarda ichki mintaqaviy 
savdo susayib ketgani uchun o‗z faoliyatini to‗xtatgan. 1985-yilda «Iqtisodiy hamkorlik 
tashkiloti» nomi bilan qaytadan o‗z faoliyatini boshladi. 1992-yil 28 noyabrda Islomobod 
shahrida a‘zo davlatlar Tashki ishlar vazirlari kengashining favqulodda yig‗lishida 
Afg‗oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, O‗zbekistan, Qirg‗iziston va 
Qozog‗iston davlatlari IHTga a‘zo bo‗ldilar. Tashkilotning asosiy maqsadlari: tashkilotga 
a‘zo bo‗lgan davlatlar o‗rtasida iqtisodiy aloqalarni, shu jum., savdo-sotiqni kengaytirish; 
har bir a‘zo davlatda iqtisodiy o‗sish va aholining turmush darajasini ko‗tarish uchun 
shartsharoitlar yaratish; a‘zo davlatlarning ma‘naviy va madaniy alokalarini kuchaytirish 
va b. Tashkilotning asosiy organlari: Tashqi ishlar vazirlarining Kengashi, doimiy 
vakillar va mintakaviy rejalashtirish kengashlari hamda kotibiyat. IHT kotibiyatini Bosh 
kotib boshqaradi. Kotibiyat 6 ta maxsus direktorat (savdo; transport va 
kommunikatsiyalar; energetika, mineral resurslar va atrof muhitni himoya qilish; sanoat 
va qishloq xo‗jaligi; iqtisodiy tadqiqotlar va statistika; loyihaviy tadqiqotlar) dan iborat. 
IHTning 
mintaqaviy 
muassasalari: 
kemachilik 
kompaniyasi; 
«EKOEYR» 
aviakompaniyasi; savdo va rivojlanish banki; qayta sug‗urtalash kompaniyasi; madaniyat 
in-ti; fan fondi; ta‘lim instituti. A‘zo davlatlar boshliqlari, hukumat raislari, 


134 
delegatsiyalarining eng muhim iqtisodiy va b. masalalar bo‗yicha yig‗ilish va 
uchrashuvlari muntazam o‗tkazib turiladi. Tashkilot idorasi Tehronda joylashgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin