ISTIM (ar. ustunlik, egallash, bo‗ysundirish) — dushman tarafidan biror shahar
yoki mamlakatning bo‗ysundirilishi, bosib olinishi.
ISTIQLOL (arab. ozodlik, mustaqillik, erkin bo‗lish) — inson, millat, davlatning
erkin rivojlana olish imkoniyatini ifodalovchi tushuncha. «I.» so‗zi «mustaqillik»
so‗zining o‗zagi hisoblanadi va unga nisbatan birlamchi asos vazifasini o‗taydi. I.,
asosan, siyosiy jihatdan erkin bo‗lishni anglatadi, mustaqillik - barcha sohalarda to‗la
ozodlikka erishilgani, ixtiyori o‗zida ekanini ifodalaydi.
ISTIQLOL MAFKURASI — millat va davlatning mustaqil rivojlanishini
ta‘minlashga qaratilgan g‗oyaviynazariy qarashlar tizimi. I. m. istibdod mafkurasi va
amaliyotiga qarshi, ozodlikka intilish zarurati tufayli paydo bo‗ladi. Uning asosiy vazifasi
ozod va erkin taraqqiyot yo‗lidagi olijanob maqsadlar atrofida xalqni birlashtirish, ulkan
bunyodkorlik ishlariga safarbar etish, unda g‗oyaviy immunitet, mustaqillikka
erishguncha xalqning orzu, maqsadini ifodalash, keyin esa mustaqillikni mustahkamlash
omili hisoblanadi.
ITTIFOQ —
1) zich birlik, birlashish; 2) davlat birlashuvi, paydo bo‗lish (mas.
SSSR); 3) bir-biriga yaqin ijtimoiy uyushmalar tomonidan ta‘sis shartnomalari yoki
nizomlar asosida vujudga keluvchi ijtimoiy uyushmalar.
IUDAIZM , yahudiylik — asosan, yahudiylar o‗rtasida tarqalgan eng qadimgi
dinlardan biri. Mil. av. I-ming yillik boshlarida Quddus (Falastin)da vujudga kelgan.
Falastin xalqparining ayrim e‘tiqodlarini o‗zida mujassamlashtirgan. I. nomi Yahudo
(Iuda) kabilasining nomidan olingan. Olamni yaratuvchi xudo Yaxvega e‘tiqod qilish,
Yaxve va yaxudiylar o‗rtasidagi ahs (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar
xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey) ning payg‗ambarligiga va unga
ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga,
oxirat kuni barchaning tirilishiga, jannat va do‗zaxga, gunohkorlarning jazolanishi va
savob ish qilganlarning rag‗batlantirilishiga ishonish I.ning asosiy aqidalaridir.
140
IZOKRATIYA (yun.
isos – teng, bir xil, o‗xshash) — 1) jamiyatda erkaklar tenglik
tamoyillari ustunligini ilgari suruvchi g‗oya. Ijtimoiy hayotda bunday holat keng
tarqalgan 2) bir xil darajada huquq, burch, vazifalari, vakolatlari identifiqatorini
anglatuvchi tushuncha.