Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   462
LUG\'AT

ISLOM EKSTREMIZMI
(
extreme
– oxiri, nihoyasi, so‗nggi) — jamiyat, millat va 
davlat hayotini faqat diniy aqidalardan kelib chiqib keskin o‗zgartirish va b.rish 
zarurligini ilgari suruvchi tashkilotlar, oqimlar faoliyatidan iborat. Ular har qanday 
dunyoviy, demokratik tamoyillarni, milliy qadriyatlar va urf-odatlarni tan olmaslikka 
asoslangan reaksion mafkuraga tayanadilar. Diniy ekstremizm tarafdorlari qonuniy 
siyosiy hokimiyatni zo‗ravonlik bilan egallashga urinadilar va bu yo‗lda har qanday 
usullardan foydalanadilar. «Vahhobiylik», «Hizbut-tahrir», «Musulmon birodarlari», 
«Turkiston Islom harakati» kabi diniy ekstremistik oqimlar va tashkilotlar shular 
jumlasidandir. Diniy ekstrmistik guruhlar bugungi kunda noqonuniy ravishda moddiy 
boyliklarga ega bo‗lish maqsadida talon-taroj, xunrezlik, yuridik va jismoniy shaxslar 
hayotiga tajovuz qilish bilan shug‗ullanadilar. Diniy ekstremizmning bugungi kunda 
vujudga kelishi va o‗sishining asosiy obyektiv va subyektiv omillari mavjud. Bular diniy 
va milliy o‗zlikning keskin o‗sishi, ma‘lum qatlamlar va guruhlarning kuch bilan siyosiy 
hokimiyatning ag‗darib davlat va jamiyatni islomiylashtirishga intilishiga borib taqaladi. 
Diniy ekstremizmning eng dahshatli holati shundaki, u davlat, xalq chegarasini bilmaydi, 
g‗araz niyatlarga to‗siq bo‗lmaganidek, bular ham o‗rmalab tarqab boradi. 
ISLOM 
FUNDAMENTALIZMI
— hozirgi islomdagi uch oqimdan 
(traditsionalizm va modernizm birgalikda) biri. Bu oqim o‗zini diniy uyg‗onish 
tarafdorlari deb ataydi. Islom fundamentalizmining asosiy konsepsiyasi islomning funda-
mental tamoyil (shundan ularga islom fundamentalizm nomi berilgan), kapitalizmdan 
ham, sotsializmdan ham farq qiladigan mustaqil «Islom taraqqiyot yo‗lini» belgilab 


138 
beradi, deb hisoblaydilar. Islom traditsionalistlaridan farq qilgan holda, ular ana shu 
fundamental tamoyillarni tiklash va ularga amal qilish tarafdorlaridanlar. Lekin islom 
modernistlariga qarshi ular ana shu tamoyillarni hozirgi davr taqozosiga moslab, qayta 
talqin etish mumkin emas., deb hisoblaydilar. Islom fundamentalizmi tarafdorlari 
traditsionalistlarga o‗xshab, din va siyosatni bir deb tushunadilar, faqat ulardan farqli 
o‗laroq, islom bilan millat manfaatlarini bir yoki yaqin deb hisoblaydilar. Islom 
fundamentalizmi tarafdorlari ijtimoiy adolat uchun kurashishni maqsad qiladilar, hatto 
mazlum tabaqalarni boshqalardan ajratib, ana shular nomidan ish ko‗radilar. Ijtimoiy-
sinfiy jihatdan islom fundamentalizmi turli (demokratik, radikal va konservativ) 
dunyoqarashdagi o‗rta hol guruhlar manfaatlarini ifodalaydi. Islom dini 
fundamentalistlarining bugungi kunda ilgari surayotgan va tayanch g‗oya sifatida 
e‘tiborni tortishi kerak bo‗lgan fikri xalifalikka qaytish, buning uchun «jihod» qilish, 
jihod yo‗lida «shahidlik», ya‘ni o‗zini qurbon berish talabalaridan iborat. Ular barcha 
musulmon diniga mansub xalqlarni xalifalik deb nom olgan va bitta xalifa boshqaradigan 
yagona diniy davlatga birlashtirib, amaldagi Konstitutsiya va qonunlar o‗rniga, o‗rta 
a.larda hukm surgan aqida va odatlarga itoat qildirmoqchi bo‗ladilar. Ming afsuski, ular 
bu g‗oyaning puch ekanligi va uni XXI a.da amalga oshirib bo‗lmasligini tushunmaydilar 
va johilliklari tufayli tushunishni ham istamaydilar. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin