137
keng tapqalgan. Jahonda qariyb 1,2 mlrd.dan ortiq kishi I.ga e‘tiqod qiladi.
Musulmonlarning 2/3 qismidan ko‗prog‗i Osiyoda yashaydi va bu qit‘a aholisining 20%
idan ortiqrog‗ini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga to‗g‗ri keladi (qit‘a
aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo‗lgan 120 dan ortiq
mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining ko‗pchiligini tashkil qiladi. I. VII
a.da Hijoz (G‗arbiy Arabiston) da paydo bo‗ldi. Uning asoschisi Muhammad (sav)dir.
Muqaddasi kitobi Qur‘on. I.ning asosiy aqidasi - «Allohdan boshqa iloh yo‗q va
Muhammad uning rasuli». I. dini 5 «asos» yoki «ustun»ga ega: 1) kalima keltirish; 2)
namoz o‗qish; 3) ro‗za tutish; 4) zakot berish; 5) imkoniyat topilsa haj qilish.
ISLOM AQIDAPARASTLIK
— mutloq haqiqatni da‘vo qilib, har qanday o‗zga
diniy va dunyoviy g‗oyalarni, qarashlarni, ijtimoiy, milliy qadriyatlarni, madaniyatni rad
etadigan mafkura. XX a.ning 60-yillaridan boshlab bir qator arab mamlakatlarida (Mas.:
Misr, Saudiya Arabistoni, Suriya, Liviya, Jazoir kabi) qonli to‗qnashuvlarni keltirib
chiqardi. Afg‗oniston, Tojikistonda fuqarolar urushini avj oldirdi. Aqidaparastlar hozir
ham turli mamlakatlarda millatlar, turli dinlarga e‘tiqod qiluvchi kishilar o‗rtasida nizolar
keltirib chiqarishga urinmoqdalar. Islom dini aqidaparastlari «sof islom» ilmiy-texnik va
ijtimoiy taraqqiyot yutuqlaridan voz kechish g‗oyasini ilgari suradilar. Ularning asosiy
maqsadi: Qur‘oni Karim va hadislarda ko‗rsatilmagan har qanday milliy, zamonaviy urf-
odatlar, qadriyatlar va qarashlarni, demokratik tamoyillarga asoslangan ijtimoiy
taraqqiyot yo‗lini inkor etib, faqat islom dini aqidalarigagina asoslangan «islomiy
taraqqiyot» yo‗lini joriy etishdan iborat. Vahhobiylik, «Musulmon birodarlari» tashkiloti,
«Hizbut-tahrir», «Hizbulloh», «Islom ozodlik partiyasi» kabi diniy-ekstremistik
tashkilotlar islom aqidaparastligi mafkurasiga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: