Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


JANUBI-SHARQIY OSIYO DAVLATLARI UYUSHMASI (ASEAN)



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   462
LUG\'AT

JANUBI-SHARQIY OSIYO DAVLATLARI UYUSHMASI (ASEAN)
— 
mintaqaviy siyosiy-iqtisodiy tashkilot. Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand va 
Filippin davlatlari tarkibida tuzilgan (1967). Keyinchalik unga Bruney va Vetnam qabul 
qilingan. Maqsadi – mazkur davlatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy 
hamkorligini rivojlantirish, Janubi-Sharqiy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni o‗rnatishga 
ko‗maklashish. Tashkilot so‗nggi yillarda mintaqada tinchlik va betaraflik zonasi, shun., 
yadrosiz zona vujudga keltirish yo‗lida harakat qilmoqda. Qarorgohi Indoneziyadagi 
Jakarta shahrida joylashgan. 
JENEVA KONVENSIYALARI 
— 1949-yil 12-avgustda Jeneva shahrida urush 
jabr yetkazganlarni himoya qilish to‗g‗risidagi qabul qilingan xalqaro konvensiyalar. Bu 
bitimga: 1) harakatdagi armiya hisobidagi yarador va kasallar ahvolini yaxshilash; 2) 
dengiz qurolli kuchlari tarkibidagi yaradorlar, kasallar va kema xalokatiga uchraganlar 
ahvolini yaxshilash; 3) harbiy asirlar bilan muomala qilish; 4) urush davrida aholini 
muhofaza etish to‗g‗risidagi konvensiyalar kiradi. Konvensiyalar qabul qilingan 
konferensiya ishida 56 ta davlat qatnashgan. J.k.ga 1907 va 1929-yillardagi xalqaro 
konvensiyalar asos bo‗lgan. 
JIHOD
, g‗azovot (arab. g‗ayrat qilish, kuchni ishga solish) — islomda din yo‗lida 
kurash. Dastlab J. deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan. 
Milliy ozodlik harakatlari davrida J. g‗oyasidan mustamlakachilikka qarshi kurashda 
foydalanildi. Umuman, hozirgi zamon musulmon nazariyotchilari J.ni islomni tinch yo‗l 
bilan yoyish, uni tashqi tazyiqdan himoya qilish uchun musulmonlarning kuch va 
g‗ayratlarini safarbar etish vositasi deb ta‘riflaydi. Mo‗‗tadil islom tarafdorlarining 
e‘tiqodiga ko‗ra, kuch ishlatish – «kichik J.», har bir mo‗min musulmonning o‗z nafsi 
bilan kurashi va ma‘naviy barkamollik yo‗lidagi sa‘y-harakati esa «buyuk J.» 
hisoblanadi. Oyat va hadislarga ko‗ra, J. hech qachon biror musulmonga yoki 
musulmonlar yashaydigan yurtga qarshi e‘lon qilinmaydi. Turkiya, Kavkaz va Markaziy 
Osiyoda J. ko‗proq «g‗azovot» nomi bilan ma‘lum bo‗lgan. 
JOSUSLIK 
— davlat xavfsizligiga qarshi jinoyat; shaxsning davlat siri 
hisoblanadigan ma‘lumotlarni chet davlat yoki uning agenturasiga yetkazish, bunday 
ma‘lumotlarni yetkazish maqsadida qo‗lga kiritish yoki to‗plash. Davlat siri 
hisoblanadigan ma‘lumotlar ijtimoiy, iqtisodiy yoki harbiy xususiyatga ega bo‗lishi 
mumkin. J. o‗ta og‗ir jinoyat hisoblanib, juda ko‗p mamlakatlarda bunday jinoyat uchun 
uzoq, muddatga ozodlikdan maxrum etish yoki o‗lim jazosi belgilangan. O‗zbekiston 
Respublikasida qonunga ko‗ra, J. respublika suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, 
mudofaa salohiyati yoki iqtisodiyotiga zarar yetkazgan holda qasddan sodir etilgan 
qilmish hisoblanib, u davlatga xoinlik qilish deb baholanadi. 
JRETSEKRATIYA 
— ko‗p qadimiy jamiyatlarda hukm surgan ruhoniylar 
hokimiyati. Chunki ularning diniy ta'siri juda ham kuchli bo‗lgan. 


148 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin