Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   462
LUG\'AT


KADRLAR
(fr. 
cadre
– shaxsiy tarkib) — 1) korxona, muassasa, firma, hissadorlik 
jamiyatlari, banklar, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlarida malakali xodimlarning 
asosiy tarkibi. O‗zbekistonda mustaqillikdan so‗ng K. tayyorlash O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi asosida amalga oshirilib, bir butun uzluksiz tizimda olib 
boriladi. 
KADRLAR 
TAYYORLASH 
MILLIY 
DASTURI 
— 
O‗zbekiston 
Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturi – 1997-yil 29-avgustda O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan 
qabul qilingan. Dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‗tmishdan 
qolgan mafkuraviy qoliplardan to‗la xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning 
rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablariga 
javob beruvchi milliy tizimini yaratishdan iborat. 
KAFOLAT
(fr. ta‘minot) — insoniyatning, jamiyatning demokratiya va huquqiy 
davlat tomon rivojlanish jarayonida qo‗lga kiritgan yutuqlaridan biri. Demokratik 
huquqiy davlat inson, tashkilot va ommaviy harakatlarning huquqlarini konstitutsiyada va 
b. davlat hujjatlarida e‘lon qilish bilan cheklanib qolmay, ulardan amalda foydalanishni 
kafolatlaydi, ya'ni ta‘minlaydi, amalga oshirishga barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi. 
KAMOLOT YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI
— O‗zbekiston Respublikasi 
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati – O‗zbekiston yoshlarining ixtiyoriylik asosida 
vujudga kelgan, o‗zini-o‗zi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkiloti. Harakat 2001-yil 
25-aprelda bo‗lib o‗tgan Ta'sis qurultoyi qarori bilan tashkil toptan. Ta'sis qurultoyida 
Harakatning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Harakat faoliyatining asosiy maqsadi – 
O‗zbekiston yoshlarini birlashtirish, sog‗lom turmush talablari asosida tarbiyalash, 
ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‗z aql-zakovati, kuch-
g‗ayratini to‗la namoyon etishi, jamiyatda munosib o‗rin egallashlari uchun shart-sharoit 
yaratib berishdan iborat. Harakatga uning dasturiy vazifa va maqsadlarini hamda Nizom 
talablarini tan oladigan, ularni amalga oshirish yo‗lida faol harakat qiladigan, Vatan 
taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‗lida mehnat qilish va kurashishni o‗zi 
uchun hayotiy e'tiqod deb biladigan, o‗qishda, mehnatda, harbiy xizmatda, jamoatchilik 
ishlarida boshqalarga o‗rnak bo‗ladigan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, shaxsiy va ijtimoiy 
mavqeidan qati nazar, qoida tariqasida, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‗lgan O‗zbekiston 
fuqarolari a‘zo bo‗lishi mumkin. Harakatning oliy organi – 5 yilda bir marta 
chaqiriladigan Qurultoy, rahbar organi olti oyda bir marta chaqiriladigan Markaziy 
Kengash, ijroiya organi ikki oyda bir marta chaqiriladigan Ijroiya Qo‗mita hisoblanadi. 
«K.» yo.i.h. muassisligida «Turkiston», «Molodyoj Uzbekistana» gazetalari, «Yosh 
kuch», «Sirli olam», «Sinfdosh», «G‗uncha», «Yoshlik», «Qalb ko‗zi» jurnallari nashr 
etiladi. 


149 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin