152
KIBBUTSIZM
— Isroil kommunalari. Ularda ishlab chiqarish shirkat usulida
tashkil qilinadi, moddiy farovonlik va daromadlar o‗rtasidagi tafovut minimal darajada
bo‗ladi. Birinchi kibbuts 1909-yilda tashkil etilgan bo‗lib, xozirgi davrdagi qishloq
xo‗jalik kooperativlarida Isroil aholisining 8 foizi faoliyat ko‗rsatadi.
KIBERNETIKA
(yun
. kybernitike
– boshqarish san‘ati) — boshqaruv jarayonlari
va tashkillashgan tizimlardagi aloqalarning umumiy qonuniyatlari haqidagi fan.
KIBERTERRORIZM
— maxsus xaker dasturlari orqali kompyuter boshqaruvi
tarmoqlarini egallab olish, kompyuter viruslari yordamida internet tarmog‗ini ishdan
chiqarishni ko‗zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: