Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   462
LUG\'AT

KONFIDENTSIAL 
(fr. qarama-qarshi turish) — bir siyosiy kuch ikkinchisiga 
qarama-qarshi turgan vaziyatda siyosat borasidagi qarshi turish, keskinlikning 
kuchayishi. 
KONFLIKT
(lot. 
conflictue
– ixtilof, to‗qnashish) — qarshi tomonlar, fikrlar, 
kuchlar to‗qnashuvi. K.ning maishiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy va b.lar turlari 
mavjud. Voqealar rivoji davomida ijtimoiy K. siyosiy K.ga, siyosiy K. Falsafiy K.ga 
aylanishi mumkin. Katta, o‗tkir g‗oyalar uchun keskin kurashga asoslangan to‗qnashuvda 
fojiaviy ruh ustun bo‗lib, fojiaviy K.ni tug‗diradi yoki kulgili, o‗tkir hajviy yo‗nalishdagi 
vaziyat, holat, voqealar kulgili ruhni hosil qiladi. K.ning mohiyati zamon, makon bilan 
jips bog‗liq. Shunday K.lar bo‗ladiki, davr o‗tishi bilan ular barham topadi. Mas., 
qadimgi dunyoda yaratilgan asarlar K.ti zaminida taqdir taqozosi turgan bo‗lsa, o‗rta 
a.lardagi asarlarda ilohiy kuch bilan insondagi shaytoniy hirs K.ning asosini tashkil etadi. 
Romantizm davrida voqelik, muhit, shart-sharoit bilan ideal o‗rtasida, yaxshilik bilan 
yomonlik, ruhiy erkinlik bilan turmush tashvishlari o‗rtasidagi ziddiyat hukmronlik 
qilgan, realizm tantana qilgan davrda inson mohiyati, uning istagi, imkoniyati bilan 
ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit zaminida K. yuzaga kelgan. Shunday boqiy mavzular borki 


157 
(mas., saxiylik va xasislik, vafodorlik va bevafolik, tiriklik va o‗lim), bo‗larda K. har bir 
davrning ma'naviy, ruhiy talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib talqin qilinadi. 
KONFORMIZM
(lot. 
conformis
– o‗xshash, muvofiq) — mavjud ijtimoiy tartib, 
hukmron g‗oya va fikrlarga moslashish, ularni passiv qabul qilish. Konformistlarning o‗z 
mavqei bo‗lmaydi, tazyiq kuchiga ega har qanday namunaga prinsipsiz, notanqidiy, ko‗r-
ko‗rona ergashaveradi.K. moslashish, mavjud tartib, qoidalar, qadriyatlar, g‗oyalarni 
ko‗r-ko‗rona qabul qilish hisoblanadi. 
KONFRONTATSIYA
(fr. 
confrontation 
– qarama-qarshi qo‗yish) — xalqaro 
vaziyat keskinlashib, bir davlat ikkinchi davlatga qarshi turgan davrni ko‗rsatish uchun 
qo‗llaniladigan tushuncha. 
KONGRESS 
(lot. uchrashuv, yig‗ilish) — 1)odatda, xalqaro yig‗ilish; 2) AQSH, 
Lotin Amerikasi va b. bir qator mamlakatlardagi qonunchilik organlarining nomi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin