KONSERVATOR YETAKCHI — amerikalik politolog Robert Taker siyosiy
yetakchilikning ajratib ko‗rsatgan uch turidan biri. K.e. jamiyatdagi munosabatlarni
qanday bo‗lsa - shunday saqlab qolishga qaratilgan faoliyat olib boradi.
KONSESSIYA (lot.
concessio – yon berish) — davlatga tegishli tabiiy boyliklar,
korxonalar va b. obyektlarni xorijiy davlatlarga, kompaniyalar va ayrim shaxslarga
ma'lum muddatga foydalanishga berish.
KONSOLIDATSIYA — mustahkamlash, kuchaytirish.
KONSTITUENTLAR (ing
. conctituent – saylovchi) — bir butunning bir qismi.
Siyosatshunoslikda yetakchi bilan fuqarolar o‗rtasidagi o‗zaro bir-biriga bog‗liqlik
sifatida ishlatiladi.
KONSTITUTSION BURCH — fuqorolarning konstitutsiyada belgilab qo‗yilgan,
fuqorolar bajarishlari shart bo‗lgan majburiyatlari.
KONSTITUTSION MONARXIYA — buni cheklangan – parlament ham deyiladi.
Agar monarxning hokimiyati Konstitutsiya asosida amal qiladigan biron-bir vakolatli
idora bilan cheklangan bo‗lsa, bunday monarxiya cheklangan, konstitutsiyaviy,
parlament shaklida bo‗ladi. Bunda mamlakatda qonunchilikni parlament, ijro
hokimiyatini hukumat olib boradi. Mas., Yaponiya va b. mamlakatlar kiradi. Monarxlar
turli mamlakatlarda turli nomlar bilan ataladi. Mas., Yaponiyada – imperator, Angliyada,
Ispaniyada – qirol, Malayziyada – sulton, quvaytda – amir, Lyuksemburgda – buyuk
gersog.
KONSTITUTSIONALIZM — konstitutsiyaning hayoti, uning siyosiy tizimda
gavdalanishidir. K konstitutsiyaga tayanadigan davlat bo‗lib, u hukmronlikning
konstitutsiyaviy usullaridir. Umumiy tarzda konstitutsiyaviy davlat demakdir. K. milliy
totuvlikka, huquqiy formalizmga va institutsional demokratiyaga tayanadi. Keng
ma‘noda iqtisodiy va siyosiy tizim xususidagi umummilliy kelishuvdir.