Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


KONKISTA — zabt etish, bosib olish.  KONKLAV



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   462
LUG\'AT

KONKISTA
— zabt etish, bosib olish. 
KONKLAV
(lot. 
conclave
– berk xona) — Rim papasini saylash maqsadida 
chaqiriladigan kardinalar yig‗ini (1274-yildan), shun., yig‗in o‗tkaziladigan bino. Yig‗in 
tashqi dunyodan butkul ajratib qo‗yilgan binoda o‗tadi. K. o‗tkazish tartibi 13 a.da papa 
Grigoriy X tomonidan belgilangan. Keyingi papalar bu tartibga juz'iy aniqlik va 
tuzatishlar kiritgan. Papa saylash uchun qatnashchilarning 3 dan 2 qismi ovoz berishi va 
yana qo‗shimcha bir ovoz berilishi talab qilinadi. K. qatnashchilarining soni 120 dan 
oshmasligi kerak. 
KONSALTING
— maxsus kompaniyalarning iqtisodiy, moliya, tashqi iqtisodiy 
faoliyat, firmalarni tashkil qilish va ro‗yxatdan o‗tkazish, tovarlar va xizmatlar 
bozorlarini, innovasiyalarni tadqiq etish va prognozlashga oid masalalarda maslahatlar, 
tavsiyalar berishdan iborat faoliyati. 
KONSENSUS
(lot. 
consensus
– yakdillik, kelishuv) — hamfikrlilik, yakdillik, 
birlik, til biriktirish. Xalqaro shartnomalar tuzishda parlament yoki kengashlarda tegishli 
qaror qabul qilish; bunda rasman e'tiroz bildirilmasa, ishtirokchilarning umumiy roziligi 
asosida rasmiy ravishda ovoz berilmaydi. K. usuli, shun., BMT organlarida tan olingan 
bo‗lib, shu tashkilot doirasida o‗tkaziladigan xalqaro konferensiyalar va kengashlarda 
qo‗llaniladi. 
KONSENTRATSIYA
(lot. birga, markaz) — biror narsaning muayyan bir joyda 
to‗planishi. 
KONSEPSIYA 
— siyosiy institutlar faoliyati asosiga qo‗yilgan rahbar g‗oya, 
yetakchi fikrdir. U siyosiy amaliyotning bevosita mo‗ljali bo‗lib xizmat qiladi. Uning 
asosida faoliyatning strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi. 
KONSERVATIZM
— ijtimoiy va madaniy hayotda an‘ana va vorislik g‗oyasiga 
tayanuvchi xilma-xil g‗oyaviy-siyosiy va madaniy oqimlar majmui. Tarixda K. turli 
shakllarda namoyon bo‗lgan, lekin, umuman olganda, mavjudva barqaror ijtimoiy 
tizimlar hamda me'yorlarga moyillik, inqilob va keskin islohotlarni qabul qilmaslik - 
K.ga xos asosiy xususiyat hisoblangan. Ijtimoiy o‗zgarishlar yuz berayotgan sharoitda K. 
eski tartiblarni qayta tiklash, boy berilgan mavqelarni asl holiga qaytarish va o‗tmishni 
ideallashtirishda ko‗rinadi. «K» termini birinchi bor fransuz adibi F. Shatobrian 
tomonidan qo‗llanilgan hamda XVIII a. oxirida Buyuk fransuz inqilobi davrida 
aristokratiya mafkurasini ifodalovchi qarashlar yig‗indisini bildirgan. Kapitalizm qaror 


158 
topayotgan davrda K. g‗arbda liberalizm va sotsializma qarshi turgan. Davlat va ijtimoiy 
hayotning tarixiy shakllarini, ayniqsa oila, milliy o‗ziga xoslik, din mulkchilik kabi 
institutlarda gavdalangan qadriyatiy asoslarini saqlab qolish va qo‗llab-quvvatlashga 
qaratilgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin