Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   462
LUG\'AT

KORRELYATIV 
(lot
. correlatives – 
o‗zaro nisbat) — munosabatdosh, o‗zaro 
munosabat. 
KORRELYATSIYA
(lot. nisbat, o‗zaro munosabat) – faqat bir-biri bilan o‗zaro 
taqqoslanganda mazmunga ega bo‗lgan narsalar, tushunchalar. 
KORRUPSIYA
(lot. sotib olish) — mansabdor shaxs, siyosiy arbobning boyish 
maqsadida o‗z mansabi bilan bog‗liq huquqlarini suiste'mol qilishdan iborat jinoyat. 
KORTESLAR
(isp.) — Ispaniya (1911-yilgacha Portugaliya)da qonunchilik 
yig‗ini. 
KOSMOPOLITIZM
(yun. 
kosmopolites
– kosmopolit, jahon fuqarosi) — «jahon 
fuqaroligi» deb atalgan g‗oyani targ‗ib qiluvchi mafkura. Iskandar (Aleksandr) yurishlari 
davrida paydo bo‗lgan. Uyg‗onish va Ma'rifatchilik davrlarida jahon fuqaroligi ideali 
olg‗a surilib (Dante, Kampanella), individning zamindor boylar zulmidan ozod bo‗lish 
g‗oyasini (Lessing, Gyote, Shiller, Kant, Fixte) ifodalagan. K. milliy an‘ana va 
madaniyatdan, vatanparvarlikdan voz kechishga – bevatanlikka da'vat etadi. 
KOTERIYA
(fr. to‗garak, jipslashgan guruh) — muayyan maqsadlar negzida 
jipslashgan odamlar guruhi, to‗garak. M. Dyuverjeda zamonaviy siyosiy partiyalar 
rivojlanishida birinchi bosqich. Amalda faqat ingliz partiyalarigina shu bosqichdan 
o‗tgan, deb hisoblanadi. 
KRATIYA
(...kratiya) (yun. 
kratos
- hokimiyat) — o‗zlashma, qo‗shma so‗zlarning 
tarkibiy qismi bo‗lib, oliy hokimiyat, hukmronlik, boshqaruv ma'nolarini ifodalaydi 
(mas.. aristokratiya, byurokratiya, demokratiya). 
KRATOLOG
(yun. 
thesauros
- zaxira) — hukumat (hokimiyatshunoslik) fani 
bo‗yicha mutaxassis.
KRATOLOGIYA
(yun. 
logos
– so‗z, ta‘limot, nazariya) — eng muhim va hali 
ko‗p rivojlanmagan ijtimoiy fanlardan biri. K. hukumat nazariyasi, uning xilma-xilligi, 
turlari, avlodlar va uning turlari, ularning xususiyatlari va o‗ziga xos jihatlari, 
hokimiyatning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, subyektlari va resurslari, 
ommaviy axborot vositalari, funksiyalari, vazifalari, mexanizmlari, qoidalari va 
tamoyillar, texnik va hayotning boshqa sohalaridagi hokimiyat vakolatlarini o‗rganuvchi 
fan. Kratologiyani yaxlit fan sifatida ko‗rish mumkin, chun u tizim sifatida kuch, 
nazariya, amaliyot, qiyosiy, akademik, harbiy kratonegizi, umumiy kratologiya tarixi, 
hokimiyat sotsiologiyasi, hokimiyat mantig‗i, hukumat morfologiyasi, ta'lim organlari, 


163 
kuch psihologiyasi, falsafa va hokimiyat axloqi kabi 70 dan ortiq sanoat va ilm sohalarini 
o‗z ichiga olgan maxsus qoidalarni o‗z ichiga oladi.
KRATOMAFIYA 
(it. 
mafia
) — mafiyaning hukumatni to‗liq nazorat qilishi, 
hokimiyatning tizimi, tarkibi va b. resurslarini to‗liq nazorat ostiga olgan holatda 
hokimiyatga egalik qilish.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin