LOBBISTLAR — zarur axborotlarni to‗plashga va hokimiyat organlarini o‗zlari
mansub bo‗lgan guruhlar foydasiga qaratilgan qarorlar qabul qildirishga qodir bo‗lgan
yuqori malakali mutaxassislardir. Lobbistlar o‗zlarining mijozlari uchun moliyaviy foyda
yoki boshqa imtiyozlarni qo‗lga kiritadilar. Ular tez – tez manfaatli guruhlar bilan siyosiy
arboblar, shu jum. qonun chiqaruvchilar va hukumat a‘zolari o‗rtasidagi turli
kelishuvlarda vositachi rolini bajaradilar va shu bilan mamlakatning siyosiy yo‗lini
shakllantirishga muhim ta‘sir o‗tkazadilar.
LOBBIZM (ing.
lobby – yopiq sayr qilish maydonchasi, koridor) — davlat
idoralari, qonunchilik, ijroiya, sud hokimiyatlarining mintaqalar iqtisodiyoti ayrim
tarmoqlari va sohalarini, korxonalar, ijtimoiy guruhlarni obyektiv zarurat taqozosi bilan
emas., balki ma‘lum bir manfaatlarni ko‗zlab, ba‘zan mansabdor shaxslarni sotib olish
(maktublar, OAV, reklama, ommaviy chiqishlar, bayonotlar, bosim o‗tkazish) orqali
qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyati. L. Amerika Qo‗shma Shtatlarida to‗liq yuzaga
chiqish bilan (bunda u 1946-yildan boshlab ro‗yxatga olinadi va qonunga muvofiq
moliyaviy nazorat ostida bo‗ladi) amalda barcha ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar uchun
xarakterlidir. L.dan foydalanish ma‘lum bir maqsadlarga erishish maqsadida hokimiyat
(asosan) struktkralariga ta‘sir o‗tkazishning (to‗g‗ridan-to‗g‗ri va bilvosita) turli-tuman
priyomlari va uslublari majmuasidir. L. texnologiyasi etarlicha murakkab tuzilmaga ega,
unga axborot-psixologik ta‘sir o‗tkazishning an‘anaviy tadbirlari emas., balki bir qator
ta‘minlovchi harakatlar ham kiradi. «Lobbi», «lobbizm», «lobbizmdan foydalanish»
tushunchalari va uning boshqa hosilalari ingliz tilidagi siyosiy terminologiyadan olingan.
1553-yilda monastirdagi sayr qilish maydonchasini ko‗rsatish uchun foydalanilgan.
Oradan yuz yil o‗tgach Angliyadagi umumlashuvlar palatasining sayr qilish uchun
mo‗ljallangan xonasi shunday deb atay boshlagan. Amerikada 1864-yilda «lobbizmdan
foydalanish» atamasi kongress koridorlarida ovozlarni pulga sotib olishni ifodalay
boshlagandan keyin bu atama siyosiy tus olgan. L.dan foydalanish siyosati: alohida
ijtimoiy va siyosiy kuchlar; alohida mamlakatlar va hududlar; xususiy ijtimoiy yoki
global muammolarni hal qilish strategiyalari foydasiga o‗tkazilishi mumkin. Lobbistlar
hokimiyat vakillari qiyofasida o‗z himoyasidagilarga katta foyda beradigan davlat
buyurtmalari, kreditlar, yordamlar, imtiyozlar, litsenziyalar olishda, iqtisodiy va tijorat
faoliyatida, yangi korxonalar ochish va uni ro‗yxatdan o‗tkazishda, raqobatchilarni
sindirishda qulay sharoitlar yaratishda ko‗maklashadi. Agrar L. va sanoat L.ga bo‗linadi.
LOKAL (lot.
localis –
mahalliy) — muayyan chegaradan tashqari chiqmaydigan,
shu joy uchun xoslik (mas., L. urushlar, jahon urushidan farq qilib, ma‘lum
mamlakatlarga yoyiladigan, cheklangan hududlardagi urushlar).