Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


LOYIHA  — 1) biror hujjatning oldindan tuzilgan matni; 2) reja, mo‗ljal, g‗oya.  LYUKSEMBURGIZM



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   462
LUG\'AT

LOYIHA 
— 1) biror hujjatning oldindan tuzilgan matni; 2) reja, mo‗ljal, g‗oya. 
LYUKSEMBURGIZM
— sotsial-demokratik yo‗nalishdagi inqilobiy-marksistik 
oqim. Bu oqimning asoschisi nemis radikal sotsialisti Roza Lyuksemburg. Ular faqat 
saylovlar orqaligina hokimiyatga kelish mumkin deb hisoblashdi. Lyuksemburgchilar 
fuqarolarning huquqlarini, demokratik erkinliklarini izdoshi, himoya qiluvchilari 
hisoblanadi. Siyosiy erkinlik va sotsializm ular uchun ajralmas atributlardir.


170 

MADANIYAT (siyosiy madaniyat)
— insonning siyosat va hokimiyat 
xodisalariga nisbatan shaxsiy munosabatini ifodalovchi baholash hukmlari eng 
ahamiyatga molik ma‘naviy hodisadir. Bunday shaxsiy munosabatlarning mavjudligi 
insonning o‗z fuqarolik burchini anglab etgan siyosat subyekti sifatida faoliyat yurita 
olishini ifoda etadi. Umuman, M.s. insonning siyosiy hodisalar haqidagi qadiryatlarga 
doir tasavvurlari va uni amaliyotda namoyon bo‗ladigan xulqining kodeksi yoki uning 
siyosiy hokimiyat subyekti sifatidagi faoliyatining uslubidir. M.s. insonning jamiyatda 
mavjud bo‗lgan siyosiy tajriba va an‘analarini o‗zlashtirish darajasi ham bo‗lib, uni 
qo‗llash siyosiy hayotdagi vorisiylikni ta‘minlay olishi lozim.
MADANIY-INFORMATSION ELITA
— tarkibini jamiyatda ijtimoiy fikr 
shakllanishiga jiddiy ta‘sir o‗tkazuvchi ko‗zga ko‗ringan fan va madaniyat arboblari, 
taniqli jurnalistlar, yuqori martabali din peshvolari tashkil etadi. Ushbu guruhning bosh 
vazifasi omma ongida elita manfaatlariga mos keladigan ijtimoiy fikrni shakllantirish, 
elita hukumronligi va u qabul qilayotgan qarorlarning to‗g‗ri ekanligini mafkuraviy 
asoslab berishdan iboratdir. 
MAFIYA
(lot. 
maffi
a, ital. 
mafia
– maxfiy) — zo‗rlik, qo‗rqitish, terror, qotillik, 
ig‗vogarlik usuli bilan iqtisodiy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun tuziladigan 
maxfiy uyushma; uyushgan jinoyatchilik tashkiloti. Bir-biri bilan o‗zaro bog‗langan va 
poraga sotilgan davlat amaldorlari, davlat organlaridan yordam oladigan jinoyatchi 
guruhlar. XVIII a. oxiri – XIX a. boshlarida Italiyaning Sitsiliya orolida paydo bo‗lgan. 
XX a.da M. tashkilotlari faoliyati shaharlarda avj oldi. M., odatda, qimorbozlik, bangilik, 
fohishabozlik kabi ijtimoiy axloqsizlikni uyushtiradi va o‗z homiyligiga oladi, siyosiy 
hayotga faol aralashadi. M. davlat idoralari, sud va politsiya amaldorlari, muayyan 
siyosiy doiralar bilan birikib ketadi. Keyinchalik uyushgan jinoyatchilikning davlat 
hokimiyati, sud, prokuratura va b. idoralar xodimlari bilan til biriktirishi va o‗zaro bir-
birini himoya qilishi M. deb ataladigan bo‗ldi. 
MAFKURA
(arab. fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, 
jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni 
amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning 
o‗tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‗z ifodasini topadi. M. har qanday jamiyat hayotida 
zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman M.lar bo‗lgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning 
g‗oyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari o‗zlarining manfaat va maqsadlaridan 
kelib chiqib mafkuraviy ta'limot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday M. jamiyatda 
yangi paydo bo‗lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda 
etuvchi yangi g‗oyaviy tizim sifatida vujudga keladi va asosan, quyidagi vazifalarni o‗z 
oldiga qo‗yadi: muayyan g‗oyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining 
turli guruhlarini birlashtirish; ko‗zlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni 
safarbar etish; ularni ma‘naviy-ruhiy rag‗batlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni 
g‗oyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va 
g‗oyaviy ta'sirlardan himoya qilish va shu kabilar M. muayyan falsafiy, diniy ta'limotlar 


171 
asosida yaratiladi, ma'lum ilmiy qarashlar, ahloqiy tamoyillarga tayanadi. M. o‗z 
mohiyati va ta'sir kuchiga ko‗ra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi 
taraflarga bo‗lib yuborishi, davlatning jahondagi obro‗ va mavqeini oshirishi yoki 
tushirishi, xalqlarni yuksaklikka ko‗tarishi yoki tanazzulga duchor etishi mumkin. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin