MANSABDOR SHAXS — davlat organlarida, mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish
organlarida, davlat, munisipal muassasalarida, shun., Qurolli Kuchlarda, boshqa
qo‗shinlar va harbiy tuzilmalarda hokimiyat vakili vazifalarini doimiy, vaqtincha yoki
maxsus vakolat bo‗yicha amalga oshiruvchi yoxud tashkiliy-boshqaruvchilik, ma'muriy-
xo‗jalik vazifalarini bajaruvchi shaxs. Bunday shaxs O‗zbekiston Respublikasi jinoyat
huquqida mansabdorlik jinoyatlarining subyekti hisoblanadi. M.sh.lar qonunda
mansabdor va mas'ul M.sh.larga ajratilgan. Mas'ul M.sh.larga hokimiyat vakillari; davlat
korxonasi, muassasasi yoki tashkilotlarida saylash yoki tayinlash bo‗yicha doimiy yoxud
vaqtincha tashkiliy-boshqaruv yoxud ma'muriy-xo‗jalik vazifalarini bajarish bilan bog‗liq
lavozimlarni egallab turgan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat
berilgan shaxslar; mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning rahbarlari, davlat boshqaruvi yuzasidan belgilangan tartibda hokimiyat
vakolati berilgan jamoatchilik vakillari; tashkiliy-boshqaruv yoxud ma'muriy-xo‗jalik
vazifalarini fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarida bajarish bilan bog‗liq
mansablarni egallovchi shaxslar kiradi.
MAQOM (
siyosiy maqom ) — insonning jamiyat siyosiy tizimidagi o‗rni, uning
ajralmas siyosiy huquqlar va erkinliklari birligi; Saylab qo‗yiladigan shaxslar, fuqarolar,
davlat idoralari, tashkilot, muassasa, xalqaro tashkilotlarning normativ akt bilan
rasmiylashtirilgan huquqiy holati, ular huquq va majburiyatlarining yig‗indisi. Maxsus
hollarda geografik joylar (shaharlar)ni boshqa joylardan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy
jihatdan ajratib olishda qo‗llaniladi.
MARGINAL (lot. chet, chekka) — shaxs, ijtimoiy qatlam yoki guruh muayyan
jamiyat uchun xos tuzilmalar, ijtimoiy-madaniy me'yorlar, siyosiy an'analar,
xususiyatlarining ayrimlarini yoki barchasini yo‗qotish. U aholi va individlarning jamiyat
tarkibida gorizontal va vertikal ko‗chishi imkonyatlari kengayishi bilan bog‗liq.
MARGINAL GURUH — bir-birini istisno qiluvchi qadriyatlar, me'yorlar
ta'siridagi, turli ijtimoiy guruhlar, tizimlar, madaniyatlar chegarasidagi odamlar guruhi.
Barqaror yashash muhtiga ega bo‗lmagan, madaniy va ijtimoiy-etnik birhilligini
yo‗qotgan oraliq qatlamlar.
MARIONETKA — ko‗chma ma‘noda
– o‗zga qo‗llarda ―qo‗g‗irchoq‖ bo‗lgan
inson, hukumat, davlat.