178
MATBUOT
— barcha
bosma mahsulotlar majmui; tor ma'noda davriy nashrlar,
asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi (sinonimi
–
pressa). M. ijtimoiy ongning o‗tkir va
ta'sirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol ta'sir ko‗rsatadi,
jamoatchilik
fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda
qudratli g‗oyaviy omil hisoblanadi. M. jamiyat hayotini turli (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va b.) yo‗nalishlarda yoritadi.
MATEMATIK MODELLASHTIRISH
— ijtimoiy borliq xususiyatlarini
matematik tilda bayon etish imkonini beruvchi emperik tadqiqod usullaridan biri.
Borliqning tadqiqodchi uchun ahamiyatli tomonlarini lo‗nda
va abstrakt shaklda aks
ettiradi; tadqiq qilinayotgan mas.,ing asosiy muammolarini aniq tasavvur etish;
sifatiy
usullar yordamida olib bo‗lmaydigan xulosalarga kelish imkonini beradi;
tahlil uchun
elektron texnikasidan faol foydalanishga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: