177
MARKAZIY
OSIYO
HAMKORLIGI
TASHKILOTI
— davlatlararo
mintaqaviy iqtisodiy tashkilot. 1993-yil iyul oyida O‗zbekiston Respublikasi bilan
Qozog‗iston Respublikasi o‗rtasida 1994-2000
–
yillarda iqtisodiy integratsiyani
chuqurlashtirish to‗g‗risida bitim imzolandi. Integratsiya jarayonlariga sharoitlar yaratish
maqsadlarida 1994-yil 10-yanvarda O‗zbekiston va Kozog‗iston o‗rtasida Yagona
iqtisodiy makon tashkil etish to‗g‗risida Shartnoma tuzildi. Shartnomaga 1994-yil 16-
yanvarda Qirg‗iziston qo‗shildi. 1996-yil 23-avgustda Olmaota shahrida o‗tkazilgan
davlatlararo kengash majlisida Rossiya Federasiyasi va Tojikiston Respublikasi
kuzatuvchi (1998 -yil 26-martdan a'zo) sifatida tashkilotga qabul qilindi. 1998-yil 17-
iyulda Cho‗lponota shahrida (Qirg‗iziston) Yagona iqtisodiy makonni tashkil etish
to‗g‗risidagi shartnoma ishtirokchilari
–
Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy
birlashmasi «Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati» nomini oldi. 1999-yildan
davlatlararo kengashda Gruziya, Turkiya, Ukraina kuzatuvchi maqomida ishtirok eta
boshladi. Mintaqa mamlakatlarining yagona iqtisodiy makonni shakllantirish, mintaqa
xavfsizligi va barqarorligi masalalarida, mintaqa mamlakatlarining o‗zaro hamkorligini
yanada chuqurlashtirish, integratsion jarayonlarni, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy va b. sohalarda o‗zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning muhimligini
hisobga olgan holda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan
hamjamiyat faoliyati doirasini kengaytirish va uni «Markaziy Osiyo hamkorligi»
tashkiloti deb atash taklif etildi va bu taklif Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston,
O‗zbekiston Respublikalari davlat boshliqlarining Toshkent bayonotida (2001 i. 28
dekabr) o‗z ifodasini topdi. Davlat boshliqlarining Olmaota uchrashuvida (2002-yil 28
fevral) «Markaziy Osiyo hamkorligi» (MOH) tashkilotini tuzish haqida Shartnoma
imzolandi. Milliy muvofiqlashtiruvchilar instituti tashkil etildi. MOHni tashkil etishning
asosiy maqsadlari: qatnashuvchi mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda suv-
energetika resurslaridan va suv xo‗jaligi obyektlaridan ratsional foydalanish; o‗zaro
hamkorlik; mintaqa xavfsizligini mustahkamlashda hamkorlikni kuchaytirish belgilab
qo‗yilgan.
Dostları ilə paylaş: