162
KORPORATIV DAVLAT
— davlatni tashkil etishga oid konsepsiya. Unga ko‗ra
mehnat va kapital munosabatlari davlat tomonidan kasbiy-tarmoq ittifoqlari
(korporatsiyalar) shaklida boshqariladi
va tartibga solinadi, parlament esa korporativ
kengash bilan almashinadi.
KORPORATIVLIK
— jamiyatni tashkil etishning shunday modeliki,
uning
birlamchi elementlari sifatida individlar emas., iqtisodiy va funktsional guruhlar chiqadi.
Markaziy hokimiyat korporatsiyalarga birlashgan ana shu guruhlar vakillaridan tuziladi.
KORPORATSIYA
(lot.
corporatio
– birlashma, uyushma, hamjamiyat) —
rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron bir faliyat
uchun uyushgan huquqiy va
jismoniy shaxslar majmui. K. bir kasb yoki faoliyat sohasida fuqarolarni birlashtirishi
ham mumkin. K. ittifoq, birlashma, jamiyat bo‗lib, xususiy, guruhiy, kasbiy manfaatlar
asosida birlashish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: