Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   462
LUG\'AT

KONVENTSIONAL 
(lot. shartga muvofiq) — shartli, an‘analarga muvofiq 
keluvchi. 
KONVERGENTSIYA
— ayrim hodisalarning o‗zaro o‗xshash xossalari. 
KONVERGENTSIYA NAZARIYASI
(lot. yaqinlashuv) — ijtimoiy-siyosiy va 
politologik konsepsiya. Unga ko‗ra sanoati rivojlangan jamiyatlarda mavjud umumiy 
tarkibiy va funktsional jihatlar (mas., fanning ishlab chiqarishga kirib kelishi, 
rasionallashuv va byurokratlashuv, iste'mol jamiyati, ta'limning, daromadning, turmush 
darajasining tenglashishi va globallashuv siyosiy va ijtimoiy jihatdan qarama-qarshi 
tizimlar – kapitalizm va sosializmning – kelajakda aralash jamiyatlarga birlashishi 
ehtimoli mavjud (Dj. Gelbreyt, Aron, Tinbergen). XX a.ning 70-yillarida negativ 
konvergensiya konsepsiyalari vujudga keldi (Markuze, Xabermas). Unga ko‗ra sosializm 
va kapitalizm asosan bir-biridagi salbiy elementlarni o‗zlashtiradilar. K.n. bugungi kunda 
ham ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q. 
KONVERTATSIYA 
(lot. aylantirish)
 
— bir mamlakat pulini chet el puliga erkin 
almashtirishi. 
KOOPTATSIYA
(lot. 
coptatio
– qo‗shimcha saylash) — saylab qo‗yiladigan biron 
organ tarkibiga saylovchilarga murojaat qilmay anashu organning qarori bilan yangi 
a‘zolar kiritish. 


162 
KORPORATIV DAVLAT
— davlatni tashkil etishga oid konsepsiya. Unga ko‗ra 
mehnat va kapital munosabatlari davlat tomonidan kasbiy-tarmoq ittifoqlari 
(korporatsiyalar) shaklida boshqariladi va tartibga solinadi, parlament esa korporativ 
kengash bilan almashinadi. 
KORPORATIVLIK
— jamiyatni tashkil etishning shunday modeliki, uning 
birlamchi elementlari sifatida individlar emas., iqtisodiy va funktsional guruhlar chiqadi. 
Markaziy hokimiyat korporatsiyalarga birlashgan ana shu guruhlar vakillaridan tuziladi. 
KORPORATSIYA
(lot. 
corporatio
– birlashma, uyushma, hamjamiyat) — 
rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron bir faliyat uchun uyushgan huquqiy va 
jismoniy shaxslar majmui. K. bir kasb yoki faoliyat sohasida fuqarolarni birlashtirishi 
ham mumkin. K. ittifoq, birlashma, jamiyat bo‗lib, xususiy, guruhiy, kasbiy manfaatlar 
asosida birlashish hisoblanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin