KONSTRUKTIV MUXOLIF YETAKCHI — muxolif-yetakchilarning hokimiyat
munosabatiga ko‗ra ikki turidan biri. Yetakchi hokimiyatga tomon qonuniy xarakat
qiladi, hukmron yetakchini tanqid qiladi, omma ichida bo‗ladi. O‗z obrusi va
imkoniyatlarnini oshirib boradi va keyingi saylovlarda g‗alaba qozonishi uchun zamin
tayyorlaydi. Bunday yetakchining hokimiyat tepasiga kelishi qonuniy tarzda amalga
oshib, mamlakat hayotida tub o‗zgarishlarga olib kelmaydi, hayotiga salbiy ta'sir
ko‗rsatmaydi.
KONSUL (lot.
consul – maslahatchi) — bir davlatning boshqa davlat hududida o‗z
mamlakati, uning yuridik shaxslari va fuqarolari manfaatlarini himoya qilish, ikki davlat
orasida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga yordam berish
uchun tayinlanadigan mansabdor shaxs. K.ning tayinlanishida uni qabul qiluvchi
davlatning aniq roziligi talab etiladi. K. qabul qiluvchi davlatning qonunlari, odat va
an‘analarini buzmasligi lozim. K.ning faoliyati uni yuboruvchi davlat elchixonasi
tomonidan nazorat etiladi. K.lik toifalari K.larning o‗z xizmat darajadari bilan bog‗liq
unvonlari bo‗lib, ularning 4 xili mavjud: Bosh K., K., Vitse-K. va K.lik agentlari. K.lik
toifalarini berish, yuboruvchi davlatning ichki ishi hisoblanadi va shu davlatning
qonunlari bilan tartibga solinadi.
KONSULLIK (konsullik vakolatxonasi) — ikki davlat orasida aloqalar o‗rnatilishi
natijasi o‗laroq tashkil etiladigan vakolatxona. K.ning maqomi ikki tomonlama bitim
yoki xalqaro huquqning amaldagi normalariga ko‗ra belgilanadi. K.ning maqomi, odatda,
diplomatik vakillikka tenglashtiriladi. K.ning joylashgan o‗rni, ba'zi hollarda esa, uning
xodimlari soni, K. o‗z faoliyatini amalga oshiradigan okrug ham qabul qiluvchi davlat
vakillari bilan kelishiladi.
KONSULLIK IMMUNITETI — konsullik muassasasiga, shu muassasa xodimlari
va ularning oila a‘zolariga beriladigan imtiyoz va afzalliklar. O‗zbekiston Respublikasi
Konsullik ustaviga binoan, mazkur shaxslar Konsullik munosabatlari to‗g‗risidagi 1963-
yilgi Vena konvensiyasida, O‗zbekiston Respublikasi bilan konsulxona joylashgan davlat
o‗rtasidagi shartnomalarda, shun., xalqaro huquqning umumiy me'yorlarida nazarda
tutilgan imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi (77-modda).