160
adliyaning boshqa organlari tayinlaydi (mas., Italiya K.s.ni teng miqdorda prezident,
parlament va magistratura tayinlaydi). K.s. konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirish
bilan bir qatorda turli mamlakatlarda konstitutsiyaga sharh berish huquqiga ega, siyosiy
partiyalarning faoliyati konstitutsiyaga muvofiq kelish-kelmasligi masalasini hal qiladi,
vakolatlar bilan bog‗liq nizolarni ko‗rib chiqadi va hokaz. O‗zbekiston Respublikasi K.s.
sud tizimiga kirib, qonunlar va b.lar hujjatlarning O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi, Konstitutsiya himoyachisi hisoblanadi.
KONSTRUKTIV (FUNKSIONAL) IXTILOFLAR
— davlat va hokimiyat
organlari, umuman siyosiy tizimdagi u yoki bu tashkilot, siyosiy partiyalar, jamoat
tashkilotlarining funksiyalarini bajarishda o‗zaro yoki ko‗p tomonlama yuzaga keladigan
nizolar, kelishmovchilik va ixtiloflar tushuniladi. K.f.i.lar odatda yuqori tashkilolarning
aralashuvi va ta'siri natijasida barham topadi. Lekin, teng huquqga ega bo‗lgan davlat
hokimiyati organlari o‗rtasidagi K.f.i.lar ko‗pincha qaysidir birini tarqatib yuborilishi
bilan yakun topadi (mas., parlament tarqatib yuboriladi yoki hukumat qaytadan tuziladi).
Dostları ilə paylaş: