KONSULLIK PATENTI — konsul vakolatlarini tasdiqlovchi guvohnoma. Unda
konsulning to‗liq ism-sharifi, qaysi toifaga mansubligi, konsullik okrugi va konsullik
manzili ko‗rsatiladi. O‗zbekiston Respublikasi Konsullik ustaviga binoan, konsul
lavozimga tayinlanayotganida O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida uning
konsullik okrugi belgilab berilgan K. p.ni oladi (14-modda).
KONTENT-TAHLIL — matn mazmunining formallashgan taxlili. Bu taxlil, mas.,
siyosiy yetakchilar, partiyalar rahbarlari nutklaridagi eng ko‗p uchraydigan so‗zlar
yordamida asosiy diqqat qaratilayotgan soxa, yunalishni aniqlash va bu ma'lumotlarni
real vaziyat bilan qiyoslash imkonini beradi.
KONTINUUM (lot
. continuum – uzluksiz) — yalpi, butun.
KONTRATAKA (fr.
contreattaque – qarshi hujum) — jang olib borayotgan yoki
mudofaada turgan qo‗shin qismlari tomonidan ularning saflarini buzib ancha ichkariga
suqilib kirishga muvaffaq bo‗lgan dushman kuchlariga qarshi, ularni tor-mor etish, ilgari
qo‗ldan boy berilgan taktik vaziyatni qayta tiklash maqsadida amalga oshiriladigan
shiddatli qarshi hujum.
KONTRIBUTSIYA (lot.
contribution – yig‗ish) — 1) urushda mag‗lubiyatga
uchragan davlatning g‗olib chiqqan davlatga sulh shartnomasi asosida tovon to‗lashi.
Hozirgi xalqaro huquqda man etilgan (yana q. Reparatsiya); 2) dushman tomonidan bosib
olingan hudud aholisidan yig‗ib olinadigan pul.
KONTSEPTUALLASHTIRISH — ma'lumotlarni, har bir alohida holat, g‗oya,
hodisa, uning orqasida turgan narsani, mazmunini nomlash.
KONTSORTSIUM (lot. birga ishtirok etish) — muayyan qo‗shma tadbirlar
o‗tkazish, maqsadida sanoat firmalari yoki banklari o‗rtasida tuziladigan bitim.
Monopoliya shakllaridan biri.
KONVENSIYA (lot. shartnoma, bitim) — biror maxsus masala yuzasidan davlatlar
o‗rtasida tuziladigan shartnoma.