Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   462
LUG\'AT

LIBERAL-ISLOHOTCHILIK 

 
feministik mafkura oqimi bo‗lib, uning 
vakillari, xotin- qizlarning erkaklar bilan tengligiga industrial jamiyat doirasida ijtimoiy - 
iqtisodiy va huquqiy islohotlar, asosan tinchlik mafkurasini izchil qat‘iyat bilan yoyish va 
egalitarizm prinsiplariga binoan oilaviy rollarni o‗zgartirish orqali erishish mumkin, deb 
hisoblaydilar. Ular shaxsning kamol topishi uchun mexnatning rolini alohida 
ko‗rsatadilar. Chunki kasbiy faoliyat o‗z qadr – qimmatini his etishga shakllanishiga 
imkon beradi, Bu oqim kasb va oila rollarining uyg‗unligini yoqlab chiqadilar. 
LIBERALIZM 
— XVII-XVIII a.larda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan va 
fuqaroviy, siyosiy, iqtisodiy erkinliklarga oid asosiy qoidalarni e‘lon qilgan g‗oyaviy va 
ijtimoiy-siyosiy oqim. L.J.Lokk, A.Smit, shaharMonteske va b.ning mutlaq hokimiyatga 
qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. L. g‗oyalari birinchi bor AQSH 
Konstitutsiyasi (1787) hamda Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasida (1789) 
mujassam bo‗lgan. Atama sifatida dastavval 1812-yilda Ispaniyada qo‗llanilgan. XIX 
a.ning 40-yillariga kelib bu atama butun Yevropaga yoyildi. L. siyosiy oqim sifatida XV 


167 
a.dan to XVIII a.gacha bo‗lgan davrda shakllanib bordi va u asosan o‗rta tabaqalar 
manfaatlarini o‗zida ifoda etdi. XIX a. oxiri – XX a. boshlarida L.ning fuqarolik jamiyati, 
shaxs huquqlari va erkinliklari, huquqiy davlat, demokratik siyosiy muassasalar, xususiy 
tadbirkorlik va tijorat erkinligiga oid asosiy qoidalari shakllangan. Hozirda L. g‗oyalariga 
ko‗ra, erkin bozor mexanizmi samarali iqtisodiy faoliyat yuritish, ijtimoiy va iqtisodiy 
jarayonlarni tartibga solib turish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi; ayni chog‗da 
bozor va raqobatchilik normal sharoitda rivojlanishi uchun bu sohaga davlatning 
muntazam ravishda aralashuvi zarur. Bu mafkura parlament tuzumining muhim siyosiy 
muammolarni hal etishda murosayu – madora, konsensusning tarafdoridir. U davlatning 
haddan ziyod iqtisodiy va sotsial funksiyalariga salbiy munosabatdadir. L. hokimiyatning 
taqimlanishi, siyosiy plyuralizm, elitalarning raqobati, qonunning ustuvorligini e‘tirof 
etadi. U fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta‘minlashni o‗zining asosiy maqsadi, 
deb biladi. XX a. oxirida L., konservatizm va sotsial-demokratiya g‗oyalari bir-biriga 
yaqinlashdi. L. g‗arb siyosiy madaniyatidagi yetakchi g‗oyalar madaniyati hisoblanadi. 
LIBERALLASHUV
— 
davlat 
boshqaruvi, 
nazoratining 
qat‘iyy 
chegaralanishlaridan ozod bo‗lish va jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotining erkinlashtirilishi 
omilidir. Qiyosiy politologiyada davlat va fuqarolik jamiyati munosabatlarini qamrovchi, 
hukmron elita nazorati ostidagi avtoritar tizimning qisman ―ochilishi‖. U demokratlashuv 
jarayonining boshlang‗ich nuqtasi sifatida qaraladi. erkinlashtirish, davlatning iqtisodiy 
hayotga aralashuvini cheklash, bozor munosabatlari sohasining kengayishi, bozorlarning 
va raqobatning ochilishi, bozorning amal qilishiga qo‗yilgan turli xil cheklashlarning olib 
tashlanishi, baholar, foizlarni ma‘muriy yo‗l bilan nazorat qilishning susayishi, 
markazlashgan holda dotatsiya berish, subsidiya shaklidagi kreditlarning kamayishi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin