Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   462
LUG\'AT

LEGISLATURA
— 1) qonun chiqaruvchi organga murofaat qilish uchun 
ishlatiladigan atama. 2) davlat va qonunchilikka ta‘luqli bo‗lgan Konstitutsiyaning qismi.
LEGITIMATSIYA
(lot. 
legitimus
– qonuniy) — pasport tizimida bo‗lmagan 
mamlakatlarda fuqaroning shaxsini tasdiqlash shakli. Biror fuqaroning haq olish, biron-
bir harakatni amalga oshirish huquqini tasdiqlash. 
LEGITIMLIK
(fr. 
legitim
– qonuniy) — hokimiyat va jamiyat munosabatlarining 
shunday sifatiki, unda itoat etuvchilar hokimiyatini eng oliy qadriyat sifatida tan olib, 
uning boshqarish huquqini ixtiyoriy ravishda e‘tirof etadilar. L. – hokimiyatning 
odamlarda mavjud siyosiy institutlarning samaradorligiga bo‗lgan ishonchini 
shakllantirish va tutib turish qobiliyatiga asoslanadi. L. hokimiyatga ishonch va uni xalq 


165 
tomonidan qabul qilinishini anglatadi. Shun., L. muayyan davlat hokimyatining 
qonuniyligini a) fuqarolar tomonidan; b) xalqaro hamjamiyat tomonidan e‘tirof etilishini 
anglatuvchi qadriyatiy tushuncha. L. biror-bir faoliyat, faoliyat yurituvchi shaxs, hodisa 
va faktni jamoatchilik tomonidan tan olinishi hisoblanadi. Biror-bir sohaning legitimligi, 
uning yuridik rasmiylashtirilgan qonuniyligini anglatadi. Davlat hokimiyatining 
legitimligi xalq bilan davlat hokimiyati o‗rtasidagi munosabatlardagi uyg‗unlikda aks 
etadi. Legitimlik davlat hokimiyatiga nisbatan qo‗llanilganda ma‘lum muddatda 
erishiladigan bosqich ekanligini ta‘kidlash zarur. Mamlakatdagi kuch ishlatuvchi 
organlar shaxsiy tarkibining ortib borishi siyosiy hokimiyat legitimligining pasayib 
borayotganligini bildiradi. Har qanday qonuniy hokimiyatning legitimligini ta‘kidlash 
qiyin va ayni paytda legitim bo‗lgan hokimiyat qonuniy tusda bo‗lmasligi ham mumkin. 
Tarixan an‘anaviy, xarizmatik, oqilona-qonuniy shakllarda nomoyon bo‗ladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin