Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   462
LUG\'AT


LANDTAG
(nem. 
land 
– yer, mamlakat, 
tag
– yig‗ilish ) — 1) o‗rta a. 
Germaniyasidagi feodal davlatlarda tabaqalar vakillarining se‘ezdi. 2) XIX a.dan boshlab 
Germaniya ittifoqi, so‗ngra Germaniya imperiyasi tarkibiga kirgan davlatlarda saylab 
qo‗yiladigan organ. 3) Lixtenshteynda bir palatali parlament; Avstriya va GFRdagi 
hududiy-siyosiy bo‗linmalarda vakolatli organ. 
LANTET
(lot. yashirin, ko‗rinmas) — yashiringan, namoyon bo‗lmaydigan. Mas., 
latent guruhlar. 
LASHKAR 
(fors.) — o‗rta a.larda nomuntazam qo‗shin turi; cherik, qo‗shin, 
armiya. Muntazam armiyasi bulmagan xon va podshohlar harbiy yurish oldidangina 
o‗ziga tobe viloyatlarga chopar yuborib, L. to‗plagan. L.ga chaqirilgan har bir kishi o‗z 
oti, quroli va bir oylik oziq-ovqati bilan kelgan. 
LATIFUNDIYA 
(lot. 
latus
– keng, 
fundus
– yer-mulk) — yirik xususiy yer egaligi. 
LEGAL
(lot. 
legalis
– qonuniy) — qonun tomonidan ruxsat berilgan, yo‗l 
qo‗yilgan, yashirish mavjud bo‗lgan va amal qilgan narsaga qarama-qarshi ravishda, 
qonun doirasida amal qiluvchi. Legallik – hokimiyatning huquqiy asosini, uning huquqiy 
me‘yorlarga muvofiqligini anglatadi. Qonun chiqaruvchi va uning bajarilishini 
ta‘minlovchi har qanday hokimiyat – legal, ya‘ni qonuniydir. Ayni vaqtda, u xalq 
tomonidan e‘tirof etilmasligi va nolegitim bo‗lishi mumkin. Yorqin misol: Hindiston 
Milliy - ozodlik harakatining oxirgi bosqichida ingliz (legal) hokimiyati qarorlarining 
aholi tomonidan bajarilmay qo‗yilganligi - inglizlarning Hindiston mustaqilligini tan 
olishiga majbur qilgan kuchli omil bo‗lgan. 
LEGALLASHTIRISH 
— 1) biror-bir tashkilotning faoliyat yurgizishiga ruxsat 
berish, uning qonuniylashishi; biror-bir akt, faoliyatiga yuridik kuch berish; 2) hujjatda 
mavjud bo‗lgan imzolarning haqiqiy ekanligini tasdiqlash. 
LEGION 
(lot.) — Qadadimgi Rim armiyasidagi asosiy tashkiliy va taktik birlik 
(4,5-10 ming kishi); manipula va turmalardan, mil.av. I a. o‗rtasidan esa kogortalardan 
tashkil topgan. XVI-XIX a.larda Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiyada turli 
harbiy qismlar «L.» deb yuritilgan (mas., Sezar legioni; temir legionlar va b.). Ikkinchi 
jahon urushi davrida Germaniyada harbiy asirlardan turli xalqlarning L .lari tashkil 
qilindi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin