L LANDTAG (nem.
land – yer, mamlakat,
tag – yig‗ilish ) — 1) o‗rta a.
Germaniyasidagi feodal davlatlarda tabaqalar vakillarining se‘ezdi. 2) XIX a.dan boshlab
Germaniya ittifoqi, so‗ngra Germaniya imperiyasi tarkibiga kirgan davlatlarda saylab
qo‗yiladigan organ. 3) Lixtenshteynda bir palatali parlament; Avstriya va GFRdagi
hududiy-siyosiy bo‗linmalarda vakolatli organ.
LANTET (lot. yashirin, ko‗rinmas) — yashiringan, namoyon bo‗lmaydigan. Mas.,
latent guruhlar.
LASHKAR (fors.) — o‗rta a.larda nomuntazam qo‗shin turi; cherik, qo‗shin,
armiya. Muntazam armiyasi bulmagan xon va podshohlar harbiy yurish oldidangina
o‗ziga tobe viloyatlarga chopar yuborib, L. to‗plagan. L.ga chaqirilgan har bir kishi o‗z
oti, quroli va bir oylik oziq-ovqati bilan kelgan.
LATIFUNDIYA (lot.
latus – keng,
fundus – yer-mulk) — yirik xususiy yer egaligi.
LEGAL (lot.
legalis – qonuniy) — qonun tomonidan ruxsat berilgan, yo‗l
qo‗yilgan, yashirish mavjud bo‗lgan va amal qilgan narsaga qarama-qarshi ravishda,
qonun doirasida amal qiluvchi. Legallik – hokimiyatning huquqiy asosini, uning huquqiy
me‘yorlarga muvofiqligini anglatadi. Qonun chiqaruvchi va uning bajarilishini
ta‘minlovchi har qanday hokimiyat – legal, ya‘ni qonuniydir. Ayni vaqtda, u xalq
tomonidan e‘tirof etilmasligi va nolegitim bo‗lishi mumkin. Yorqin misol: Hindiston
Milliy - ozodlik harakatining oxirgi bosqichida ingliz (legal) hokimiyati qarorlarining
aholi tomonidan bajarilmay qo‗yilganligi - inglizlarning Hindiston mustaqilligini tan
olishiga majbur qilgan kuchli omil bo‗lgan.
LEGALLASHTIRISH — 1) biror-bir tashkilotning faoliyat yurgizishiga ruxsat
berish, uning qonuniylashishi; biror-bir akt, faoliyatiga yuridik kuch berish; 2) hujjatda
mavjud bo‗lgan imzolarning haqiqiy ekanligini tasdiqlash.
LEGION (lot.) — Qadadimgi Rim armiyasidagi asosiy tashkiliy va taktik birlik
(4,5-10 ming kishi); manipula va turmalardan, mil.av. I a. o‗rtasidan esa kogortalardan
tashkil topgan. XVI-XIX a.larda Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiyada turli
harbiy qismlar «L.» deb yuritilgan (mas., Sezar legioni; temir legionlar va b.). Ikkinchi
jahon urushi davrida Germaniyada harbiy asirlardan turli xalqlarning L .lari tashkil
qilindi.