Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   462
LUG\'AT

KRIPTOKRATIYA 
(yun. 
kryptos
– maxfiy, pinhoniy) — yashirin, ko‗pchilik 
bilmaydigan hukumat. 
KRIZIS
(yun. 
krisis
– burilish, oqibat) — vaziyatning keskinlashuvi, birdan, 
to‗satdan yuz bergan o‗zgarish, tang va xatarli, mushkul holatlarni anglatadi. 
KUMULYATIV VOTUM
— ko‗p mandatli saylov okruglarida ovoz berish tartibi: 
unda saylovchi o‗zida bo‗lgan ovozining bir qismini yoki barchasini birlashtirib va uni 
nomzodlardan biriga berish huquqiga ega bo‗ladi. 
KUZATUVCHILAR
(diplomatiyada) — xalqaro konferensiyalar, tashkilotlar va 
organlar ishida qatnashish uchun davlat yoki xalqaro tashkilot tomonidan yuboriladigan 
vakil. Ularning mazkur anjumanlarda qatnashuviga oid tartib va huquq me'yorlari rasmiy 
qoidalarga binoan belgilanadi. Odatda, K. Ovoz berish, hujjatlarni imzolash va h.k. 
huquqlarga ega bo‗lmaydi. 
KVALIFIKATSION KO„PCHILIK
— eng muhim masalalar bo‗yicha qaror 
qabul qilish uchun belgilanuvchi, ishtirokchilarning ma‘lum belgilangan qismi. Mas. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‗zgarishlarda Oliy Majlis 
Senati va Qonunchilik palatasi a‘zolarining 2/3 qismi ovoz berishi kerak. 
KVAZI
(lot.) — turli so‗zlar boshiga qo‗yiluvchi va «go‗yo», «sohta» ma'nolarini 
beruvchi qo‗shimcha. Mas., kvazidemokratiya. 
KVAZIDEMOKRATIYA
(lot. 
kvaci 
– soxta va demokratiya) — soxta tarzda 
ko‗rsatiluvchi demokratik rejim. K.da demokratik prinsiplar rasman o‗rnatilgan bo‗lsada, 
lekin unga birinchi navbatda siyosiy elitaning o‗zi amal qilmaydi. Bunday rejimda 
demokratiyaning asosiy vazifasi hokimiyatning legitimligini saqlab turish uchun zarur 
hisoblanadi. 
KVINTESSENTSIYA 
(lot. beshinchi asos) — biror narsaning asos, mohiyati; eng 
muhim, eng asosiy deb belgilanuvchi masala va mohiyati. 
KVORUM
(lot. 
quorum
– qatnashuvchilar) — yig‗ilish, majlis qatnashchilarining 
qonuniy huquqqa, huquqiy kuchga, vakolatga ega bo‗lgan, qarorlar qabul qilish uchun 
qonunda yoxud jamoat tashkilotlarining ustavlarida belgilangan zarur soni. 
KVOTA
(lot. 
quota 
– qism, hissa) – 1) umumiy ishda ishtirok etuvchilarning har 
biriga to‗g‗ri keladigan hissa, qism, pay; Parlamentning palatalarida maxsus ajratilgan 
o‗rin joy. Mas. O‗zbekiston Respublikasi. Oliy Majlisining yuqori palatasi Senatda 
Qoraqolpog‗iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlarga oltitadan senatrlar uchun 
kvotalar ajratilgan. Yoki, Qonunchilik palatasida O‗zbekiston Ekologik harakati uchun 
15 nafar deputatga kvota ajratilgan. 2) Davlat organlari tomonidan o‗tkaziladigan tashqi 
iqtisodiy faoliyatni tartibga solish tadbirlari tarzida muayyan tovarlar turlari eksporti va 
importiga miqdoriy cheklashlar kvotalash deb ataladi. Davlatlararo shartnomalarga ko‗ra, 
ayrim yoki bir guruh tovarlar yuzasidan K. o‗rnatiladi. Unga muvofiq, mamlakatlar yoki 
mamlakatlar guruhlari faqat belgilangan miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarish va 
eksport qilishi mumkin. 


164 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin