254
SAYLOV MADANIYATI
—
saylovchilarning o‗z siyosiy huquqlaridan oqilona
foydalanib, saylovlarda faol ishtirok etishi, shuningdek, ularning hamda saylov
tashkilotchilarining saylovlarni o‗tkazish, unda qatnashish va ovoz berish chog‗ida
amaldagi qonunlarga, o‗rnatilgan tartiblarga amal qilishi, saylov qatnashchilarining bir-
birlarini hurmat qilishi.
SAYLOV OKRUGI
— davlat boshlig‗i yoki hokimiyatning vakillik organlariga
saylov o‗tkazish uchun tuziladigan aholi hududiy tashkilotining asosiy bo‗g‗ini. S.o. unda
qancha deputat saylanishiga qarab, bir mandatli va ko‗p mandatli bo‗lishi mumkin. Har
bir okrugdan qonunda belgilangan miqdorda deputatlar saylanadi. Dunyo davlatlari
tajribasiga ko‗ra, saylovni demokratik tamoyillarga muvofiq o‗tkazilishini ta‘minlash
maqsadida turli xil milliy-ma‘muriy bo‗linishga mos ravishda saylov okruglari tuziladi.
Ya‘ni davlatning ma‘muriy - hududiy bo‗linish bo‗yicha istiqomat qilayotgan aholining
o‗z vakillarini davlat hokimiyati organlariga saylash shartlari saylov okruglarida
belgilanadi. O‗zbekiston Respublikasining butun hududida O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga
saylov va referendum to‗g‗risidagi qonunlar asosida Markaziy saylov komissiyasi
tomonidan saylov tayinlangandan keyin saylov okruglari ro‗yxati ularning chegaralari va
saylovchilar sonini ko‗rsatilgan holda e‘lon qilinadi. Saylov okruglari har bir saylov
vaqtida O‗zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng miqdorda
qilib belgilanadi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
saylov o‗tkazish uchun 120 ta hududiy S.o. tuziladi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent
shahar Kengashlariga deputatlar saylashda 60 tadan ko‗p bo‗lmagan, xalq deputatlari
tuman va shahar Kengashlariga deputat saylashda - 30 tadan ko‗p bo‗lmagan hududiy
S.o. tuziladi. Har bir S.o.dan Oliy Majlisga, tegishli xalq deputatlari Kengashiga bitta
deputat saylanadi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning
ma‘muriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: