260
tushunchasiga qarama-qarshi qo‗yilib, mohiyat jihatidan sivilizatsiyalashgan
hayot tarzi
yovvoyi, varvarcha hayot tarzidan keskin farqlangan. XVIII asrdan boshlab
―sivilizatsiya‖ tushunchasi tarixchilar lug‗atidan mustahkam o‗rin egallab, keng ishlatila
boshlandi. Sivilizatsiyaning turli nazariyalari yaratilishi ham shu davrga to‗g‗ri keladi va
bu jarayon bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Ayni paytda sivilizatsiyaga mavjud
yangi qarashlar oldingilarini inkor etmay, balki ularni to‗ldirib, ular bilan parallel holda
mavjuddir. Sivilizatsiyalar nazariyasi va unga tarixiy-falsafiy
yondoshuv masalalari XX
asrda
M.Veber,
O.Shpengler,
A.Toynbi,
F.Brodel,
K.Yaspers,
shuningdek,
N.Ya.Danilevskiy, K.N.Leontev, P.A.Sorokin asarlarida keng talqin etilib, hozirgi kunda
ham olimlar tomonidan qo‗llanilmoqda. Bu tushuncha: ijtimoiy rivojlanishning
yovvoyilik va varvarlikdan
keyin keladigan bosqichini; umuman kishilik jamiyati
rivojlanishining ma‘lum bir bosqichi (mas., neolit, nokapitalistik
yoki hozirgi zamon
sivilizatsiyasi); ma‘lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya; geografik jihatdan farqlanuvchi
birliklar (mas., Yevropa yoki Osiyo sivilizatsiyasi); diniy mansubligiga ko‗ra,
farqlanuvchi birliklar (mas., xristian yoki islom sivilizatsiyasi); kelib chiqishi va planetar
mansubligiga ko‗ra farqlanuvchi birliklar (mas., Yer sivilizatsiyasi,
Yerdan tashqari
sivilizatsiyalar); etnik asosga ko‗ra farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy birliklar (mas.,
qadimgi Misr yoki Bobil sivilizatsiyasi) kabi ma‘nolarni ifodalash uchun qo‗llanib
kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: