265
qarab o‗zgaradi (davlat, din, armiya, ta‘lim tizimi). Siyosiy institutlarga quyidagilar
kiradi: 1) barcha e‘tirof etgan va amal qiluvchi siyosiy me‘yorlar va qadriyatlar; 2)
siyosiy xulq-atvorning qabul qilingan modellari; 3) siyosiy munosabatlarni tashkil etish
shakllari; 4) qoida va me‘yorlar bajarilishini nazorat. Rasmiy siyosiy institutlarga davlat
hokimiyati organlari (parlament, hukumat, sud); manfaatlarni hokimiyatga taqdim
etuvchi tuzilmalar (siyosiy partiyalar, manfaat guruhlari, lobbizm); mansabdor shaxslarni
lavozimlarga tayinlash usullari (saylov tizimlari) singarilar kiradi. Muayyan siyosiy
institutlar rasmiy tashkilot sifatida jamiyat konstitutsiyasi bilan belgilanadi: mas.,
O‗zbekistonda Oliy Majlis, sud tizimi, siyosiy partiyalar; boshqalari, mas., saylovlar,
referendumlar davriy tabiatga ega bo‗lib, lekin ular ham demokratiyaning eng muhim
institutlaridir. S.i. bo‗lib siyosiy faoliyat sub‘ektlarining siyosiy faoliyat mexanizmlari
bilan aloqadorlikda amalga oshuvchi tadbirlarni qo‗llab-quvvatlovchi, turtki beruvchi,
nazorat qiluvchi va tekshiruvchi tashkilotlar ham hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: