267
rivojlanishi va taraqqiyot yo‗nalishlarini hamma yo‗nalishlarda tadqiq etishning muhim
shartidir.
SIYOSIY KURASH
— siyosiy sub‘ektlar manfaatlarining muayan siyosiy
natijalarga erishish yo‗lida qarama-qarshiligi holati. Siyosiy kurash shakllari turlicha:
manfaatlar to‗qnashuvi murosasiz tus olganida va tomonlar radikal choralar va vositalar
yordamida jamiyatda tub o‗zgarishlar sodir etishni maqsad qilib qo‗yganlarida u
inqilobiy tus oladi. Bunday kurash ―o‗yin qoidalari‖ning qo‗pol buzilishi, natijalarni
avvaldan bashorat qilib bo‗lmaslik muhitida, fuqarolar uchun og‗ir oqibatlar bilan
kechadi. Ijtimoiy-siyosiy sub‘ektlarning manfaatlari bosqichma-bosqich, zo‗rlikka
tayanmasdan, konsensus vositasida amalga oshirilganida siyosiy kurash islohotchilik
tabiatiga ega bo‗ladi. Uning oqibatlarini oldindan ko‗ra bilish oson. Siyosiy inqirozlar,
urushlar, qo‗zg‗olonlar, fitnalar, isyonlar ham siyosiy kurash shakllaridir. Siyosiy kurash
siyosiy partiyalar o‗rtasida o‗z elektoratini kengaytirish uchun, siyosiy yetakchilar
o‗rtasida ta‘sir doirasini kengaytirish uchun, qonunchilik va ijro organlari vakillari
o‗rtasida hokimiyatga doir vakolatlarini kengaytirish uchun va h. olib borilishi mumkin.
Siyosiy kurash partiya ichida, davlat ichida, davlatlar o‗rtasida va boshqa o‗xshash
hollarda ham kechishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: