SIYOSIY MUNOSABATLARNING SUBYEKTI —
ongli va shunga ko‗ra
anglangan, maqsadli faoliyatga qodir amaliy faoliyat egasi. Ya‘ni sub‘ekt belgilariga
qo‗yidagilar kiradi: onglilik, shu jumladan o‗z-o‗zini anglaganlik, aniq maqsadga va uni
amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‗lish. Siyosatda sub‘ekt sifatida alohida individlar
ham, turli guruhlar, tashkilotlar ham qaraladi.
SIYOSIY MUXOLIFAT (lot. qarshi qo‗yish) — 1) o‗z qarashlari, o‗z siyosatini
boshqa qarashlar, boshqa siyosatga qarshi qo‗yish; 2) mavjud (hukmron) qarashlarga
qarshi chiqqan odamlar guruhi, partiya.
SIYOSIY O„ZGARISH — jamiyatni boshqarishda hokimiyat vakolatlari yoki
ularni taqsimlashni amalga oshirishga daxldor bo‗lgan maqsadlar yoki jarayondir,
tuzilmalarni qayta qurish hisobalanadi. S.o‗. almashib borayotgan ijtimoiy muhitning
yangi talablariga nisbatan hokimiyat va boshqaruvning mavjud tizimini moslashtiradi
yoki oldingi imkoniyatlarini yo‗qotgan muayyan tizimning yana o‗zining samarali amal
qilish qobiliyatini qo‗lga kiritishga ko‗maklashadi. Uning asosiy turlari – siyosiy
islohotlar, inqilob, restavratsiya, konstitutsiyani to‗liq yoki qisman ravishda qaytadan
ko‗rib chiqish.
SIYOSIY ONG —
siyosiy borliqning sub‘ektiv in‘ikosidir. U jamiyatning alohida
mustaqil - siyosiy sohasini aks ettiradi. Kishilar o‗z faoliyatida mavjud siyosiy voqelikni
shunchaki ko‗rish bilan-qanoatlanib qolmaydilar. Kishilarning ana shu - siyosiy borliq,
haqidagi bilimlari, qarashlari, tasavvurlari ularning siyosiy ongini tashkil etadi. S.o. -
kishilarning siyosiy bilimlari, tasavvurlari, maslaklari, e‘tiqodlari, va o‗zlari yashab
turgan siyosiy tuzumni baholashlarining yig‗indisidan iboratdir. S.o. tashqi ta‘sirga
munosabatiga qarab ochiq va yopiq ong; ko‗zlangan maqsadning ro‗yobga chiqish
ehtimollik darajasiga ko‗ra real va hayoliy; mavjud siyosiy tartibotga bo‗lgan
munosabatiga qarab hukmron va muxolif ongga ajraladi. U ko‗zlangan maqsadga
erishish usuliga ko‗ra islohotchi va inqilobiy; mazmuniga qarab faol va sust ong bo‗lishi
ham mumkin. Siyosiy ong qo‗yidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Bilish - axborot berish.
Kishilar ertami yoki kechmi, xohlaydimi yoki yo‗qmi, ammo qat‘iy ravishda siyosat
dunyosiga duch keladi. Ular bu soha bilan shug‗ullanishni xohlamasalar-da, siyosat ular
bilan, baribir, ―shug‗ullanadi‖. U kishilarning hayotiga va taqdiriga davlat, partiyalar va
boshqa jamoat tashkilotlari orqali ta‘sir ko‗rsatadi. Siyosat kishilarga siyosiy axborot
ko‗rinishida ―kirib‖ boradi. 2. Baholash. Siyosiy ong ijtimoiy - siyosiy voqelikni nafaqat
biladi, izohlaydi, balki uni baholaydi. Kishilar u yoki bu siyosiy hodisalar va voqealarni
anglash jarayonida, ularga o‗z munosabatlarini bildiradilar, o‗zlari uchun muayyan
xulosalarni chiqaradilar. Aynan siyosiy voqelikni baholash asosida kishilar o‗zlarining
siyosiy qarashlarini, e‘tiqodlarini, pozitsiyalarini, qiziqishlarini shakllantiradilar. 3.
Yo‗naltirish. Siyosiy ong o‗zining yo‗naltiruvchilik funksiyasi orqali kishilarning siyosiy
xulq-atvorini belgilaydi, sotsial siyosiy manfaatlarni himoya qilishlari uchun ijtimoiy
hayotda ishtirok etishlari, siyosiy partiyalarga, jamoat tashkilotlari va boshqa siyosiy
uyushmalarga o‗zlarining ham fikrlari bilan birlashishlari zarurligini anglatadi. 4.
Tartibga solish. Siyosiy ong voqelikni idrok etish asosida hamda uning tomonidan ishlab
269
chiqilgan siyosiy g‗oyalar, me‘yorlar, tasavvurlar va e‘tiqodlar negizida kishilarning
ijtimoiy xulq- atvorlarini tartibga soladi.