SIYOSIY USLUBLAR —
ishontirish, dalillar bilan isbotlash, jamoat fikrini,
sinflar, millatlar, aholining turli ijtimoiy, demografik guruhlari fikri, manfaatlarini
hisobga olishning demokratik usullari.
SIYOSIY VAZIYATNI MODELLASHTIRISH —
uning elementlarini qo‗llash
orqali u yoki bu ixtilofni, siyosiy qaror oqibatini, hisoblab chiqish, ro‗y berishi mumkin
bo‗lgan xatolarning oldini olish imkonini beradi. Siyosiy jarayonlarni modellashtirish
XX asr boshida, L.Richardson o‗zining ―Urushning matematik psixologiyasi‖ (1919)
asarida, ikki milliy davlat o‗rtasida qurollanish poygasi modelini ishlab chiqqanidan beri
ma‘lum. Bugungi kunda EHM imkoniyatlariga qo‗shilib, bu - siyosiy fan
metodologiyasidagi muhim yo‗nalishga aylandi. Yadro urushi oqibatlarini hisoblab
chiqib, olamga malum qilinishi ―sovuq urush‖ va bu sohadagi ―poyga‖ning tugashi uchun
qanchalik muhim omil bo‗lganligini misol qilib keltirish mumkin.
SIYOSIY VOLYUNTARIZM – siyosatda sub‘ektivizmning o‗ta kuchli namoyon
bo‗lishi; sub‘ekt irodasi, intilishlarini siyosatning bosh omili sifatida qaralishi; uni
amalga oshiruvchi shaxslarning sub‘ektiv irodasi va o‗zboshimcha qarorlari bilan
bilgilanuvchi siyosiy faoliyat. Siyosatda valyuntarizm siyosat - yetakchilar, kichik guruh
irodasi bilan yaratilishi haqidagi tasavvurlar bilan bog‗liq; siyosiy hokimiyatning jamiyat
hayotidagi o‗rnini oshirib ko‗rsatadi; uni cheklash – tashkilotlar va institutlar faoliyatida
demokratiyani rivojlantirish; davlat miqiyosida esa - qonunchilik, ijro va sud
hokimiyatini aniq va izchil bo‗linishi orqali amalga oshadi.
SIYOSIY XAVFSIZLIK — xavfsizlikni ta‘minlashda millat imkoniyatlari, uning
davlat idoralari tomonidan mustaqil ravishda davlat tizimi muammolarining hal etilishi,
shaxs va jamiyat manfaatlari borasida mustaqil tashqi va ichki siyosat yuritishdan iborat
bo‗ladi. Ya‘ni siyosiy xavfsizlik bu siyosiy suverenitetni mustahkamligi, jamiyatning
siyosiy barqarorligidir. Bu siyosiy barqarorlik esa davlat tomonidan fuqaro va shaxslar
manfaatlari asosida – turli xil ijtimoiy guruhlar manfaatlari muvozanatini ta‘minlash
siyosiy tizimni shakllantirish orqali erishiladi. Xalqaro munosabatlar tizimida siyosiy
suverenitet barqarorligiga va jamiyatning siyosiy barqarorligiga erishmasdan davlatning
siyosiy xavfsizligiga erishib bo‗lmaydi.
SIYOSIY XULQ — shaxs, ijtimoiy guruhlarning siyosiy hokimiyatni amalga
oshirishida, o‗z siyosiy manfaatlarini himoya qilishda ishtiroki shakli. Siyosiy ishtirok -
siyosat sub‘ektlarining siyosiy munosabatlarga jalb qilinganligidir.