Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə359/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   462
LUG\'AT

SIYOSIY RIVOJLANISH
— muayyan jamiyat siyosiy tizimi ichidagi 
o‗zgarishlarni yoki uni boshqasi bilan almashtirishni belgilaydigan, qoidaga ko‗ra, 
ko‗rsatilayotgan talablarga nisbatan boshqaruv vositalarining qobiliyatini moslashtirib 
borish yo‗nalishida avj oladigan o‗sish jarayonlari yig‗indisidir. S.r. qonuniyatlari 
ijtimoiy guruhlarning barqaror o‗zaro xatti-harakatlarini va siyosiy sohadagi aktorlarning 
amaliy faoliyatini ifodalaydi. Ular natijali uyg‗unlashuvlarga moyillik yoki ularni harakat 


271 
qilishlariga asoslangan xarakterni ta‘minlaydigan turli manfaatlar ziddiyatlari sifatida 
namoyon bo‗ladi.
SIYOSIY SOHA 

 
muayan jamiyatning barcha munosabatlarini qamrab oluvchi 
ijtimoiy hayot bo‗limi. S.s.ni sinflar, ijtimoiy qatlamlar va guruhlar, millatlarning davlat 
hokimiyatini egallash, qo‗llash, unga ta‘sir etish munosabatlari tashkil etadi. 
SIYOSIY SOTSIOLOGIYA 

 
siyosat bilan chegaradosh fanlardan biri. U siyosiy 
va ijtimoiy munosabatlarning o‗zaro bir-biriga o‗tishi va aloqadorligini o‗rganadi. 
SIYOSIY STEREOTIP 
(gr. qattiq iz) — biror siyosiy hodisa to‗g‗risida 
soddalashtirilgan, sxematik, obrazli tasavvurlar. O‗zgarishi juda qiyin. 
SIYOSIY STRATEGIYA VA TAKTIKA 
(gr. qo‗shinni olib boraman va gr. 
tartibga solmoq) — siyosiy hayot, siyosiy jarayon va siyosiy kurashda siyosiy partiyalar, 
boshqa kuchlar, harakatlar, tashkilotlar ishtirok etishining nazariyasi va amaliyoti.
SIYOSIY TAHLIL 

 
ilmiy usul. U butunni qismlarga bo‗lish va ularni sifat yoki 
miqdor jihatidan jiddiy o‗rganishga asoslanadi. Tahlil aniqlik kiritish va talqinni nazarda 
tutishi mumkin. Mas., muayyan siyosiy kuchlar rivojlanishi, tarkibi, faoliyati, talablari 
va harakatlarini bilish maqsadida ularni tarkibiy qismlarga bo‗lib o‗rganish. 
SIYOSIY TARBIYA
— jamiyat a‘zolarida siyosiy ongni shakllantirish va 
rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat bo‗lib, uning yordamida siyosiy 
jarayonlar va siyosiy munosabatlarda bo‗ladigan voqea-hodisalar, o‗zgarishlarning 
mohiyati va mazmuni jamiyat a‘zolari tomonidan u yoki bu darajada anglab yetiladi va 
ularda siyosatga ongli munosabatda bo‗lish qolibiyatlari shakllantiriladi. S.t.ning 
ishontirish; jamiyat a‘zolariga siyosiy ta‘sir etish; namuna bo‗lish usullari va h.k. usullari 
mavjud. Radio, televidenie, bosma nashrlar, siyosiy adabiyotlar, muzeylar, siyosiy 
mavzularga doir badiiy va hujjatli filmlar siyosiy tarbiyaning vositalari bo‗lib 
hisoblanadi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin