SIYOSIY YETAKCHILIK —
insoniyatga xos bo‗lgan eng qadimgi universal
institutlardan biri va u davlat hamda jamiyat miqyosida hokimiyat funksiyalarini
bajaruvchi sub‘ektlardan biridir.
SIYOSIY-HUQUQIY RESURSLAR — ijtimoiy tartibni, xavfsizlikni,
barqarorlikni, fuqarolarning tinchligi - osoyishtaligini, jamiyatning yaxlitligi va bir
butunligini ta‘minlovchi vositalar. Bu vositalarga dasturiy hujjatlar, Konstitutsiya,
qonunlar va ularni ishlab chiqish, irodasini amalga oshiruvchi vosita sifatida
foydalanilganda hokimiyatning resursi bo‗lib yuzaga chiqadi. Umuman, inson nafaqat
hokimiyatning resursi, balki uning sub‘ekti va ob‘ektidir.
SIYOSIY-MA‟MURIY XARITALAR — davlatlar yoki ularning ayrim qismlarini
hozirgi kundagi siyosiy - ma‘muriy tuzilishini aks ettiruvchi xaritalar. S.m.x.da
xaritalashtirilayotgan hududning siyosiy va ma‘muriy bo‗linishi (hududiy. siyosiy va
ma‘muriy birliklarning joylashuvi, chegaralari), davlat tuzilishi va boshqaruv shakllari,
siyosiy, strategik va ma‘muriy markazlari, xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega
kommunikatsiyalar tasvirlanadi. S.m.x.dan ma‘lumotnoma sifatida, tashkiliy xo‗jalik,
o‗quv maqsadlarida va b. mazmundagi mavzuli xaritalarni tuzishda asos sifatida
foydalaniladi.
SKEPTISIZM (yun.
skeptikos- ko‗rib chiquvchi, tadqiq qiluvchi) — haqiqatning
biron ishonchli mezoni mavjudligiga shubha bilan qaraydigan nuqtai nazar. Uning
vakillari ob‘ektiv voqelikni idrok qilish mumkinligiga shubha qiladilar. S antik jamiyat
inqirozga yuz tutgan davrda yuzaga keldi. S.ning o‗ta shakli agnostisizmdir. Uning
rivojlanishini 3 davrga ajratish mumkin: ilk S. (Pirron), Platon akademiyasi S.i
(Arkesilay, Karnead), so‗nggi davr S.i (Enesidem, Sekst Empirik va b.). S.ning yirik
namoyandalaridan bo‗lgan D.Yum fikricha, garchi ob‘ektiv reallik mavjud, degan
ishonch kuchli bo‗lsada, bu ishonchni na fan, na amaliyot tasdiqladi. D.Yum tabiat va
undagi hodisalarni bilishda shubhalanadi. Uningcha, tabiat o‗z sirini odamlardan uzoqda
tutadi. Yangi davr (XVI-XVIII asrlar)da S. hurfikrlilik, diniy va falsafiy aqidalarning
tanqidi (M. Monten, P. Veyl va b.) sinonimiga aylangan.