asos soldi va unda ―makiaveli maktabi‖
yo‗nalishini tashkil etdi. S.e.lar tarkibiga siyosat bilib rasmiy jihatdan bog‗langan, lekin
siyosiy qarorlar qabul qilinishiga chetdan ta‘sir o‗tkazadigan hukumron sinfning vakillari
ham kiradi. S.e. strategik, kommunikativ, tashkilotchilik va jamiyatni birlashtiruvchi
funksiyalarini bajaradi.
SIYOSIY ELITA NAZARIYALARI — siyosiy elita guruhlari va ularning
jamiyatdagi o‗rni va rolini asoslab berishga doir ko‗plab nazariyalar, konsepsiyalar ishlab
chiqilgan. Bu nazariyalar quyidagilardan iborat: 1) Muhimiylik va zaruriylik nazariyasi
(G.Moska, V.Pareto, V.Robka, N.Berdyaev va boshqalar). Bu nazariyada siyosiy elita
jamiyatning muhim yetakchi kuchi sifatida ta‘riflanadi va u jamiyatdagi boshqa ijtimoiy
guruhlarga qaraganda aholining eng mahsuldor va tashabbuskor qismlari ekanligi nazariy
jihatdan asoslab beriladi. 2) Demokratik elita nazariyasida (R.Dall, M.Lipset, L.Zigler,
K.Mangeym va boshqalar) siyosiy elita guruhi aholining mamlakatni boshqarishga qodir
qismi bo‗lib qolmay, shu bilan birga demokratiyani himoya qilishga qodir bo‗lgan qismi
ekanligi masalasi asoslab beriladi. 3) Liberal nazariya ham siyosiy elita nazariyalaridan
biridir. Bu nazariyada (R. Mills, M. Milband va bosh.) siyosiy elitaning xilma-xil
ko‗rinishlari va turlari haqida fikr yuritilib, ularni o‗zaro farqlashga harakat qilinadi. 4)
Partokratik nazariya ham siyosiy elita nazariyalaridan biri. Bu nazariya bir vaqtlar sobiq
sotsializm mamlakatlarida keng tarqalgan bo‗lib, unda siyosiy rahbarlikning tarixan
muqarrarligi isbot qilinadi. Bu nazariyaning asosiy qoida va xulosalari totalitar siyosiy
tuzumlar hukmron bo‗lgan sobiq sotsializm mamlakatlarida kommunistik partiyaning
dasturlari va qarorlariga asos qilib olingandi.
SIYOSIY FAN — q. Politologiya.
SIYOSIY HAMKORLIK – xalqaro siyosat sub‘ektlarining birgalikdagi siyosiy
harakatlarda vujudga keladigan masalalar yuzasidan yagona nuqtai nazarlarni ishlab
chiqishida ifodalanuvchi munosabat turlaridan biri. Unga ko‗ra tomonlar o‗z
faoliyatining asosiy yo‗nalishlarida mustaqillikni saqlab qolgani holda qarashlar mos
263
tushuvchi amaliy masalalarda birgalikda faoliyat ko‗rsatadilar. Mas., gitlerchi
Germaniyasiga qarshi davlatlar hamkorligi.