36
BALLATIROVKA
(fr.
balles
– shar) — biror mas.i ovoz berish yo‗li bilan hal
etish, tashkilot (qo‗mita va h.k..) a‘zolarini saylash avvallari ovoz berishning eng keng
tarqalgan usuli - qora va oq rangdagi sharlarni xumga tashlash bo‗lgan. Atama shundan
kelib chiqqan; ovozga qo‗ymoq, saylamoq.
BANDITIZM
(lot.
bandum
– bosqinchilik, talonchilik)— bosqinchilar, qurollangan
to‗da va guruhlarning bosqinchilik harakati.
BARQAROR IJTIMOIY RIVOJLANISH VAZIYATI
— jamiyatdagi tinch-
totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoitning mavjudliligi. Qatlamlar, kuchlar
va siyosiy partiyalar o‗rtasidagi hamjihatlik vaziyati O‗zbekiston mustaqillikka
erishgandan keyin barqaror rivojlanishga katta e'tibor berilmoqda. Milliy manfaatlarni
amalga oshirish va himoya qilish orqali jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimi,
davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta‘minlovchi vaziyat.
Dostları ilə paylaş: