Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   462
LUG\'AT

BETARAF ZONA
— manfaatdor davlatlar o‗rtasida tuzilgan shartnomaga binoan 
harbiy harakat-maydoniga aylantirilmaydigan, harbiy baza sifatida foydalanishga yo‗l 
qo‗yilmaydigan hudud. Davlatlar hududining ba'zi er-maydonlari yoki ular suverenitetiga 
kirmaydigan erlar ham B.z.ga aylantirilishi mumkin. B.z. manfaatdor davlat tomonidan 
bir tomonlama tartibda yoki xalqaro shartnoma asosida tashkil etiladi. Qirg‗oq bo‗yida 
joylashgan bironbir davlat tomonidan boshqa davlatlar o‗rtasidagi urush paytida o‗z 
xavfsizligini ta‘minlash uchun muvaqqat B.z. tuzilishi mumkin. Muvaqqat B.z.lar 
sirasiga urushlarda katnashayotgan tomonlar muzoqaralar olib borish (mas., harbiy 
asirlarni, yarador va bemorlarni almashish, sulh tuzish haqida), madaniy va tarixiy 
yodgorliklarni muhofaza etish uchun belgilaydigan zonalar ham kiradi. B.z.larni tuzish 
bilan bir vaqtda ko‗pincha demilitarizasiya amalga oshiriladi. 
BETARAFLIK
(
neytrallik
) — 1) ma'lum tomonlar, davlatlar tashkilotlar yoki 
subyektlar o‗rtasidagi tortishuv, mojaro, ziddiyatlarga qarshi kurashishda aralashmaslik
2) qurolli mojarolarga hamda harbiy–siyosiy ittifoqlarga ishtirok etishni inkor etuvchi 
davlatning alohida, huquqiy statusi va siyosati. B.ni tinchlik va harbiy davrlarda amalga 
oshirish mumkin. Turli xildagi betaraflik farqlari; ular: doimiy (Shveytsariya va Avstriya 
tomonidan xalqaro tartibda qabul qilingan) kelishilgan, an‘anaviy (uzoq vaqt davomida 
Shvetsiya tomonidan amal qilinib kelinayapti) ijobiy (harbiy, siyosiy ittifoqlarga 
qo‗shilmaslik siyosatini olib borayotgan, mustaqil rivojlanayotgan davlatlarning paydo 


38 
bo‗lishi, munosabati bilan urushdan Keyingi yillarda keng quloch yoygan) qurolli 
betaraflik (harbiy kuch yordamida davlat o‗z betarafligini himoya qilishga tayyor 
ekanligini e‘lon qiladi). B. davlatga hujum qilingan holatlarda BMTning oxirgi nizomiga 
muvofiq davlat alohida yoki jamoa bo‗lib o‗z-o‗zini himoya qilish huquqiga ega. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin